O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 47 mlrd dollarga yetdi

22.02.2026 | 19:402 daqiqa

Davlat qarzining asosiy qismi – 39,82 mlrd dollari yoki 85 foizi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 47 mlrd dollarga yetdi

2025 yil yakuniga kelib O‘zbekistonning jami davlat qarzi (tashqi va ichki) 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning 31,9 foiziga teng. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan jadvalda ko‘rsatib o‘tilgan.

11,

Davlat qarzining asosiy qismi 39,82 mlrd dollari yoki 85 foizi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi. Tashqi qarzning YAIMga nisbati esa 27,1 foizni tashkil etadi.

Tashqi qarzning 83 foizi xorijiy valutada rasmiylashtirilgan. 40 foizi o‘zgaruvchan foiz stavkalariga ega; qarzning katta qismi uzoq muddatli. Qisqa muddatli majburiyatlar esa deyarli mavjud emas.

Qarz beruvchilar kimlar?

O‘zbekistonga tashqi qarzlarning 22,3 mlrd dollari yoki 56 foizi xalqaro moliya institutlari tomonidan berilgan bo‘lib, ular orasida Jahon banki eng ko‘p (8,95 mlrd dollar) kredit ajratgan. Osiyo taraqqiyot banki ham 8,35 milliard dollar bilan yirik qarz beruvchilardan bo‘lgan.

2

Tashqi qarzning 29 foizi, ya’ni 11,66 milliard dollarini xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari bergan. Eng yirik kreditlar Xitoy taraqqiyot davlat banki va Eksimbanki tomonidan ajratilgan. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ham deyarli uch milliard dollar qarz bergan. Shuningdek, xalqaro obligatsiyalar chiqarish evaziga xorijiy investorlardan 5,9 milliard dollar qarz jalb qilingan.

3

Davlat qarzining qolgan qismi, ya’ni 7,03 mlrd dollari yoki 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi. Ichki qarzning yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbati esa 4,8 foizni tashkil etadi.

4

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, davlat qarzining YAIMga nisbati 60 foizdan oshib ketmasligi kerak. Hozirgi 32 foiz atrofidagi ko‘rsatkich xavfsiz daraja deb hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid