Tramp O‘zbekistondan nima istaydi yoki O‘zbekiston AQSH bilan yaqinlashuvdan nimalar kutyapti?

24.02.2026 | 16:301 daqiqa

O‘zbekiston “Tinchlik kengashi”ga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishi orqali AQSH bilan yaqinlashishda qanday imkoniyat va xavflarga duch kelishi mumkin? Bu qadam iqtisodiy dividendlar va geosiyosiy tavakkalchiliklarni qanday o‘zgartiradi?




Dunyoda kuchlar muvozanati tubdan yangilanmoqda. AQSH, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi raqobat yangi bosqichga chiqdi. Geosiyosiy qarama-qarshiliklar chuqurlashayotgan bir paytda Markaziy Osiyo yana yirik o‘yinchilar manfaatlari to‘qnashadigan hududga aylanmoqda. Bunday sharoitda O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi har bir qadami iqtisod, xavfsizlik va milliy mustaqillikka bevosita ta’sir qiladi.

Yanvar oyida Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan “Tinchlik kengashi”ga O‘zbekistonning ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishi muhokamalarni yanada jonlantirdi. Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi hukumat bu orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochishni maqsad qilganmi? Yoki Moskva va Pekin bilan muvozanatni saqlab kelayotgan mamlakat uchun bu qadam qo‘shimcha geosiyosiy bosimlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emasmi?

Vashington bilan yaqinlashuv O‘zbekistonga nimalarni taqdim etishi mumkin? Real sarmoya va ilg‘or texnologiyalar, yangi bozorlarga chiqish imkoni, xavfsizlik sohasida chuqurroq hamkorlik — bularning qay biri ustuvor? Shu bilan birga, bunday yaqinlashuv yangi siyosiy majburiyatlarni yuklab, ko‘p vektorli tashqi siyosat imkoniyatlarini cheklab qo‘yish xavfini ham tug‘dirmaydimi? Va nihoyat, Tramp O‘zbekistondan aslida nimani kutmoqda?

“Fikr vaqti” dasturining navbatdagi sonida ana shu savollar siyosatshunoslar Shuhrat Rasul va Bektosh Berdiyev bilan atroflicha muhokama qilindi.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 62

Barchasi

Mavzuga oid