Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?
Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.
© ShutterstockMarkaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini yangiladi. 2026-yil 5-oktabr holatiga aholiga ajratilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 27,6 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,3 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftaga nisbatan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 0,6 foiz punktga, avtokreditlarniki esa 0,2 foiz punktga pasaygan.
Mikroqarz stavkalari
Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 21,5 foiz bilan «Mikrokreditbank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Infinbank» — 24,0 foiz, «Trastbank» va «Asia Alliance bank» — 24,3 foiz hamda «Agrobank» — 24,4 foiz stavka bilan joylashdi.
Shuningdek, «Milliy bank» va «Aloqabank»da mikroqarz stavkasi 24,9 foiz, «Universal bank»da 25,2 foiz, «SQB»da 25,6 foiz, «Asaka bank»da 25,8 foiz va «Xalq banki»da 26,1 foizni tashkil etmoqda.
«Ziraat bank» mikroqarzlarni 26,5 foiz, «Kapital bank» 27,0 foiz, «Poytaxt bank» 27,3 foiz, «BRB» 28,2 foiz va «OFB» 28,3 foiz stavkada taklif qilmoqda.
Yuqori stavkalar «Garant bank»da 30,3 foiz, «Hamkorbank»da 30,4 foiz, «Apex bank»da 30,7 foiz, «Ipoteka bank»da 33,4 foiz, «Anor bank»da 33,8 foiz, «Davr bank»da 34,3 foiz, «Tenge bank»da 35,3 foiz, «Ipak yuli bank»da 35,8 foiz va «Uzum bank»da 38,0 foiz bilan qayd etilgan. «AVO bank»da stavka 39,9 foiz, «TBC bank»da esa 46,7 foizni tashkil etgan.

Avtokredit stavkalari
Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,1 foiz bilan «Apex bank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Aloqabank» — 19,1 foiz, «Ipoteka bank» — 20,0 foiz, «Milliy bank» — 20,1 foiz hamda «SQB» — 21,5 foiz stavka bilan joylashdi.
Shuningdek, «Asaka bank» 21,7 foiz, «Ipak yuli bank» 21,8 foiz, «TBC bank» 22,0 foiz, «Turon bank» 22,3 foiz va «Poytaxt bank» 22,7 foiz stavkada avtokredit ajratmoqda.
«OFB»da avtokredit stavkasi 23,1 foiz, «Garant bank»da 23,3 foiz, «Trastbank»da 23,6 foiz, «Asia Alliance bank»da 23,7 foiz hamda «Octobank» va «Mikrokreditbank»da 24,0 foizni tashkil etmoqda.
Yuqori stavkalar «Davr bank»da 25,0 foiz, «Anor bank» va «Hamkorbank»da 27,0 foiz bilan qayd etilgan. Shu tariqa, yangi ma’lumotlar bo‘yicha ro‘yxatdagi banklar orasida avtokreditning eng yuqori stavkasi 27,0 foizni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar–avgust oylarida «Mahalla loyihasi» doirasida hududlarga jami 14,76 trln so‘m kredit ajratilganligi haqida ma’lumot berilgandi. 2025 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 10,02 trln so‘mni tashkil etgan. Ya’ni bu 47,3 foiz o‘sish degani. Kreditlash hajmi bo‘yicha esa Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda.





