Logo

O‘zbekistonda kreditlar qo‘yilmalari hajmi 713 trln so‘mdan oshdi

Bugun 17:252 daqiqa

O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan kreditlar bir yilda 13,6 foizga o‘sdi. O‘sishning asosiy qismi milliy valutadagi qarzlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekistonda kreditlar qo‘yilmalari hajmi 713 trln so‘mdan oshdi

2026-yilning 1-sentabr holatiga O‘zbekistonda iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 713,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 85,4 trln so‘m yoki 13,6 foizga ko‘p.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, kredit qo‘yilmalarining katta qismi milliy valutada shakllangan. Ularning qoldig‘i 453 trln so‘mga yetgan va bir yilda 67,4 trln so‘mga oshgan.

Shu tariqa, milliy valutadagi kreditlarning yillik o‘sish sur’ati 17,5 foizni tashkil etdi. Bu umumiy kredit portfeli o‘sishidan yuqori bo‘lib, banklar tomonidan so‘mdagi kreditlash faolligi kuchayganini ko‘rsatadi.

Valuta kreditlari ham ko‘paydi

Xorijiy valutadagi kredit qo‘yilmalari 260,3 trln so‘mga yetdi. Bu 2025-yil 1-sentabr holatidagi 242,3 trln so‘mlik ko‘rsatkichdan 18 trln so‘m yoki 7,4 foizga yuqori.

O‘tgan yilning shu sanasida iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari jami 627,9 trln so‘m bo‘lgan. Shundan 385,6 trln so‘mi milliy, 242,3 trln so‘mi xorijiy valutadagi kreditlarga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilda umumiy o‘sishda so‘mdagi kreditlar asosiy hissani egallagan. Milliy valutadagi kreditlar 67,4 trln so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, xorijiy valutadagi kreditlar 18 trln so‘mga oshgan.

Ko‘rsatkich qanday hisoblanadi?

Markaziy bank izohiga ko‘ra, iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari qoldig‘i Xalqaro valuta jamg‘armasining MFSMCG 2016 metodologiyasi asosida hisoblanadi.

Ko‘rsatkich bank tizimining real sektorga bo‘lgan qarzlari va hisoblangan foizlarini qamrab oladi. Shuningdek, qarz qimmatli qog‘ozlari, kapital instrumentlari, savdo kreditlari va bo‘naklar kabi moliyaviy talablar ham hisobga olinadi.

Teglar

Mavzuga oid