Logo

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Kecha 23:101 daqiqa

Tashrif davomida shaharlarni yashil makonga aylantirish uchun ekologik barqaror yechimlar yaratuvchi yangi avlod arxitektorlari va muhandislarini tayyorlash masalasiga e’tibor qaratildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5-oktabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi.

«Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.

Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Teglar

Mavzuga oid