Logo

Ertaga Samarqandda 18 soat davomida elektrda uzilishlar bo‘lishi mumkin

Bugun 22:301 daqiqa

7-oktabr kuni Samarqand viloyatining barcha tumanlarida elektr ta’minotida vaqti-vaqti bilan uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Ertaga Samarqandda 18 soat davomida elektrda uzilishlar bo‘lishi mumkin

Samarqand viloyatining barcha tumanlarida 7-oktabr kuni soat 00:00 dan 18:00 gacha elektr ta’minotida vaqti-vaqti bilan uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyat bo‘ylab elektr energiyasining vaqtincha o‘chib-yonishi 500/220/10 kV kuchlanishli «So‘g‘diyona» podstansiyasidagi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Ushbu podstansiyaning T-1 transformatorida rejali ta’mirlash jarayoni olib boriladi.

Ta’mirlash ishlari belgilangan vaqt oralig‘ida, ya’ni 18 soat davom etishi rejalashtirilgan.

«O‘zbekiston MET» AJ matbuot xizmati iste’molchilardan mazkur holatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘ragan.

Teglar

Mavzuga oid