Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?
Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.
© invezz.comMarkaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini yangiladi. 2026 yil 28-sentabr holatiga mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 28,2 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,5 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 29 va 21,9 foiz bo‘lgandi.
Mikroqarz stavkalari
Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 21,8 foiz bilan «Mikrokreditbank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Infinbank» — 24,0 foiz, «Asia Alliance bank» — 24,2 foiz, «Trastbank» — 24,5 foiz hamda «Agrobank», «Milliy bank» va «Aloqabank» — 24,9 foiz stavka bilan joylashdi.
Shuningdek, «Universal bank» 25,2 foiz, «SQB» 26,0 foiz, «Asaka bank» va «Xalq banki» 26,5 foiz, «Kapital bank» 27,0 foiz, «BRB» 27,1 foiz hamda «Poytaxt bank» 27,4 foiz stavkada mikroqarz taklif qilmoqda.
«OFB»da mikroqarz stavkasi 28,3 foiz, «Garant bank»da 29,5 foiz, «Hamkorbank»da 30,2 foiz, «Apex bank»da 30,5 foiz va «Madad Invest bank»da 31,4 foizni tashkil etmoqda.
Yuqori stavkalar «Anor bank»da 33,9 foiz, «Ipoteka bank»da 34,2 foiz, «Davr bank»da 34,4 foiz, «Tenge bank»da 35,3 foiz, «Ipak yuli bank»da 35,5 foiz, «Uzum bank»da 38,0 foiz va «AVO bank»da 39,9 foiz bilan qayd etilgan. Eng yuqori stavka «TBC bank»da — 40,7 foiz.

Avtokredit stavkalari
Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,6 foiz bilan «Aloqabank» va «Asaka bank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Ipoteka bank» — 20,0 foiz, «Apex bank» — 20,2 foiz hamda «Milliy bank» — 20,4 foiz stavka bilan joylashdi.
Shuningdek, «SQB» 21,7 foiz, «Ipak yuli bank» 21,9 foiz, «TBC bank» 22,0 foiz, «Hamkorbank» 22,1 foiz va «Turon bank» 22,3 foiz stavkada avtokredit ajratmoqda.
«Poytaxt bank»da stavka 22,6 foiz, «OFB»da 23,1 foiz, «Garant bank»da 23,2 foiz, «Trastbank» va «Mikrokreditbank»da 23,5 foizni tashkil etmoqda.
Yuqori segmentda «Xalq banki» 24,0 foiz, «Agrobank» 24,7 foiz, «Davr bank» va «Asia Alliance bank» 25,2 foiz stavka taklif qilmoqda. Bu avtokreditlar bo‘yicha ro‘yxatdagi banklar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar–avgust oylarida «Mahalla loyihasi» doirasida hududlarga jami 14,76 trln so‘m kredit ajratilganligi haqida ma’lumot berilgandi. 2025 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 10,02 trln so‘mni tashkil etgan. Ya’ni bu 47,3 foiz o‘sish degani. Kreditlash hajmi bo‘yicha esa Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda.





