add

Eron AQSH zarbalariga javoban Isroilga 40 ta raketa uchirdi

22.06.2025 | 12:5222394

Fo‘rdu, Natanz va Isfahon yadroviy ob’ektlariga AQSH tomonidan qilingan zarbalardan so‘ng Eron Isroilga qarshi raketalar bilan javob qaytardi. Raketalar Karmel tog‘lari, Hayfa va Tel Aviv atroflariga zarbalar tushgan.

Eron AQSH zarbalariga javoban Isroilga 40 ta raketa uchirdi
AQSHning Erondagi uchta asosiy yadroviy inshoot — Fo‘rdu, Natanz va Isfahon ob’ektlariga bergan havo zarbalaridan so‘ng, Eron Isroilga qarshi raketalar bilan javob qaytardi. Isroil mudofaa armiyasi SAHAL ma’lum qilishicha, Eron hududidan taxminan 40 ta raketa otilgan. Al Jazeera telekanali xabariga ko‘ra, raketa va ularning parchalari Isroilning Karmel tog‘ maskani, Hayfa shahri va Katta Tel Aviv hududida kamida o‘nta joyga tushgan. Ayni paytda Isroil havo hujumidan himoya tizimlari raketalarni yo‘ldayoq aniqlab, yo‘q qilish ustida ish olib borgan. Eron tomoni hujumni AQSHning yadroviy markazlarga qaratilgan amaliyotiga javob sifatida baholadi. Prezident Donald Tramp ushbu zarbalarni «tarixiy voqea» deb atab, bu AQSH, Isroil va butun dunyo uchun xavfsizlik mustahkamlashga qaratilgan qadam ekanini ta’kidladi. Trampning ta’kidlashicha, Eronning asosiy yadroviy ob’ektlari «butunlay yo‘q qilingan», ammo mamlakat hududida yana ko‘plab nishonlar bor. U Eronni «terrorizmning bosh homiysi» deb atab, yadroviy tahdidni bartaraf etishni asosiy maqsad sifatida ko‘rsatdi. Eron rasmiylari esa o‘z navbatida yadroviy ob’ektlardan boyitilgan uran zaxiralari avvaldan evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi. Eronning Atom energiyasi tashkiloti bu hujumni xalqaro huquq buzilishi sifatida baholadi va yadroviy dastur faqat tinch maqsadlarni ko‘zlashini qayd etdi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy AQSH harakatlari BMT ustavi va xalqaro huquq normalariga zid ekanini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Tehron o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish huquqini saqlab qoladi. Ayni paytda Eron BMT Xavfsizlik kengashidan favqulodda yig‘ilish chaqirishni talab qildi.  

Teglar

Mavzuga oid