Logo

MDHning qaysi davlatlarida ishsizlik darajasi eng yuqori?

Kecha 14:354 daqiqa

2024–2025-yillarda MDH mamlakatlarida ishsizlik darajasi 3,4 foizdan 3,1 foizga tushgan. Bunda barcha davlatlarda ishsizlik ko‘rsatkichi 0,1 foizdan 0,7 foizgacha kamaygan. Eng katta o‘zgarish O‘zbekiston va Qirg‘izistonda kuzatilgan.

MDHning qaysi davlatlarida ishsizlik darajasi eng yuqori? © Shutterstock

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida mehnat bozorida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda: ishsizlik darajasi pasayib bormoqda. Hamdo‘stlikning barcha davlatlari a’zo bo‘lgan Umumiy kasaba uyushmalari konfederatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024–2025-yillarda MDH mamlakatlarida ishsizlik darajasi 3,4 foizdan 3,1 foizga tushgan. Bunda barcha davlatlarda ishsizlik ko‘rsatkichi 0,1 foizdan 0,7 foizgacha kamaygan.

Ishsizlik darajasi qanday o‘zgardi?

So‘nggi besh yillik ma’lumotlar ham mintaqa davlatlarining aksariyatida ishsizlik darajasi izchil pasayganini ko‘rsatadi. Eng katta o‘zgarish O‘zbekiston va Qirg‘izistonda kuzatilgan.

photo_2026-11-18_12-15-54

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi besh yil ichida ikki baravardan ko‘proq kamayib, 10,5 foizdan 4,8 foizga tushgan. Bu MDH mamlakatlari orasidagi eng katta pasayish hisoblanadi. Qirg‘izistonda esa ushbu ko‘rsatkich 5,8 foizdan 3,2 foizgacha kamaygan.

Rossiya va Belarus ishsizlik darajasi eng past davlatlar qatorida qolmoqda. Rossiyada ishsizlik 2020-yildagi 5,8 foizdan 2025-yilda 2,2 foizga, Belarusda esa 4 foizdan 2,5 foizga tushgan.

Kavkazorti davlatlarida esa vaziyat murakkabroq. Armanistonda ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lib, 12,8 foizni tashkil etgan. Ozarboyjonda bu ko‘rsatkich 5,2 foizga teng.


Qozog‘istonda ishsizlik sekin pasaymoqda

Qozog‘istonda ishsizlikning pasayish sur’ati boshqa davlatlarga nisbatan sekinroq bo‘lgan. 2020-yilda 4,9 foizni tashkil etgan ko‘rsatkich o‘tgan yil yakunida 4,6 foizga tushgan. Bunda 2020–2022-yillarda ishsizlik darajasi deyarli o‘zgarmagan.

Mamlakat hududlari kesimida ham ish bilan ta’minlash muammosi saqlanib qolmoqda. Masalan, o‘tgan yili Mang‘istau viloyatida ishsizlik darajasi 5,1 foizni tashkil etgan. Pavlodar va Atirau viloyatlarida esa bu ko‘rsatkich 4,9 foiz bo‘lgan.

Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin tashkil topgan davlatlarda ishsizlik masalasi muhim ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Chunki bu holat jamiyatning katta qismi manfaatlariga daxl qiladi.

2026-yilning birinchi yarmida MDH mamlakatlarida ishsizlar soni jami 3,8 million kishini tashkil etgan.

Umumiy kasaba uyushmalari konfederatsiyasining hisobotlarida shu yilning iyun oyida milliy bandlik xizmatlarida rasman ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolar soni ham taqqoslangan. Ularning umumiy soni 1 million kishidan oshgan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, bunday fuqarolar eng ko‘p Qozog‘istonda qayd etilgan. Iyun oyida mamlakatning bandlik xizmatlarida 333,1 ming kishi ishsiz sifatida ro‘yxatda turgan. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 0,5 foizga kam.

2


Ishsizlar soni bo‘yicha keyingi o‘rinda Rossiya qayd etilgan. 2026-yilning iyun oyida mamlakatning bandlik xizmatlarida 300,6 ming kishi rasman ishsiz deb hisoblangan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,9 foizga ko‘p.

Ishsizlar soni eng ko‘p bo‘lgan uchinchi davlat Ozarboyjon bo‘lgan. U yerda 248,5 ming kishi ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 8,5 foizga yuqori.

Shu bilan birga, MDHning uchta davlatida rasman ishsiz sifatida ro‘yxatga olinganlar soni bir yil ichida sezilarli kamaygan.

Jumladan, Armanistonda bunday fuqarolar soni qariyb 35 foizga kamayib, 23,9 ming kishini tashkil etgan. Qirg‘izistonda esa ishsizlar soni 16,8 foizga qisqarib, 37,9 ming kishiga tushgan.

Belarus bandlik xizmatlarida rasman ishsiz sifatida ro‘yxatga olinganlar eng kam bo‘lgan davlat hisoblanadi. Iyun oyida u yerda atigi 3 mingga yaqin kishi ishsiz sifatida qayd etilgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, rasman ishsiz deb ro‘yxatga olinganlar soni bilan umuman ishlamayotgan fuqarolar soni bir xil emas. Chunki ishi bo‘lmagan har bir kishi rasman ishsiz hisoblanmaydi. Bu maqomni olish uchun fuqaro davlatning bandlik xizmatida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Bu farq juda muhim. Sababi ko‘pchilik davlatlarda faqat rasman ishsiz maqomiga ega bo‘lgan fuqarolar ishsizlik nafaqasini olish huquqiga ega.

Ishsizlar qancha nafaqa oladi?

Umumiy kasaba uyushmalari konfederatsiyasining 2026-yilning iyun oyi ma’lumotlari MDH davlatlarida ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi bir-biridan ancha farq qilishini ko‘rsatadi.

Hamdo‘stlik mamlakatlarining aksariyatida rasman ishsiz sifatida ro‘yxatga olinganlarning faqat kichik qismi nafaqa oladi. Bu borada Rossiya birinchi o‘rinda turadi. 2026-yilning iyun oyida mamlakatda rasman ishsiz sifatida ro‘yxatda turganlarning 77,4 foiziga nafaqa tayinlangan.

Ikkinchi o‘rinda Moldova bo‘lib, u yerda bu ko‘rsatkich 51,1 foizni tashkil etgan. Boshqa davlatlarda esa vaziyat ancha farq qiladi. Ozarboyjonda rasman ishsiz sifatida ro‘yxatga olinganlarning 2,2 foizi, Tojikistonda 3,5 foizi, Qirg‘izistonda esa atigi 0,1 foizi nafaqa olgan.

Qozog‘iston bo‘yicha ma’lumotlar keltirilmagan. Bu mamlakatda ijtimoiy to‘lovlarni tayinlash tartibi boshqacha ekani bilan izohlanadi. Qozog‘istonda ishsizlik nafaqasini faqat ishini yo‘qotgani sababli tegishli maqomni olgan fuqarolar olishi mumkin. Buning uchun ular majburiy ijtimoiy sug‘urta tizimida ishtirok etgan va bandlik xizmatida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Nafaqa miqdori fuqaroning ijtimoiy sug‘urta tizimida qancha vaqt ishtirok etgani va oxirgi ish haqiga qarab belgilanadi. 2026-yilda eng kam to‘lov 26,8 ming tenge (59,1 dollar), eng yuqori to‘lov esa 348,1 ming tenge (768,4 dollar) bo‘lgan.

Rossiyada ham ishsizlik nafaqasi miqdori bir nechta omilga bog‘liq. Jumladan, fuqaroning mehnat staji, avvalgi ish haqi, ishdan bo‘shash sababi, yashash hududi va yoshi hisobga olinadi. Joriy yilning 1-fevralidan Rossiyada ishsizlik nafaqasining eng kam miqdori 25,3 dollar, eng yuqori miqdori esa 216,1 dollar qilib belgilangan.

photo_2026-11-18_12-16-46


Qolgan davlatlar bo‘yicha o‘rtacha nafaqa miqdori keltirilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Moldova va Ozarboyjonda qayd etilgan. Moldovada o‘rtacha nafaqa 281,8 dollar, Ozarboyjonda esa 249,9 dollarni tashkil etgan. Eng kam nafaqa Belarusda qayd etilgan — o‘rtacha 11,6 dollar. Bu esa ishsizlarga beriladigan ijtimoiy to‘lovning amalda juda kichik miqdorda ekanini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoda 2026-yilda qayerda ish topish qiyin va qayerda osonligi haqida yozgan edik.

Teglar

Mavzuga oid