Logo

Urganch — Xiva pulli yo‘lidan kuniga 1700 tagacha avtomobil harakatlanmoqda

Kecha 12:261 daqiqa

Avvalroq pulli trassada ayrim transport vositalari uchun yo‘l haqi arzonlashtirilgani ma’lum qilingan edi.

Urganch — Xiva pulli yo‘lidan kuniga 1700 tagacha avtomobil harakatlanmoqda © president.uz

O‘zbekistondagi ilk pulli trassa — Urganch — Xiva yo‘lidan kuniga 1700 ga yaqin avtomobil harakatlanmoqda, ayrim kunlarda esa bu ko‘rsatkich 2 mingtagacha yetmoqda. Bu haqda Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Dushanboy Zarifboyev ma’lum qildi.

«Ochilganiga ikki oydan oshgan pulli yo‘limizda hozirda kuniga 1,6–1,7 mingta avtomobil harakatlanmoqda», — dedi boshqarma bo‘lim boshlig‘i.

Trassada to‘lovlar bank kartasi yoki QR-kod orqali qabul qilinadi. Yengil avtomobillar va mototsikllar uchun yo‘l haqi dastlab taklif qilingan 26,4 ming so‘mdan 17,6 ming so‘mgacha pasaytirilgan. Mikroavtobuslar uchun tarif 44 ming so‘m, avtobuslar uchun esa 66 ming so‘mni tashkil etadi.

Yangi kirish yo‘li va xavfsizlik choralari

Dastlab yo‘lga kirishda ikkita to‘lov terminali faoliyat yuritgan. Keyinchalik Yangiariq — Xiva yo‘nalishidan ham kirish imkoniyati yaratilib, terminallar soni uchtaga yetkazilgan. Yangiariq yo‘lidan pulli trassaga yettinchi kilometrda qo‘shilish mumkin bo‘lib, ushbu yo‘nalish orqali Xivagacha bo‘lgan masofa 28 kilometrni tashkil etadi. Yangiariq — Xiva yo‘nalishida yo‘l haqi 14,52 ming so‘m etib belgilangan.

Bundan tashqari, yo‘lda avtomobillar yuqori tezlikda harakatlanishi sababli uy hayvonlari chiqib ketishining oldini olish uchun maxsus to‘siqlar o‘rnatilmoqda. Zarifboyev bu ishlar haydovchilar va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganch — Xiva pulli avtomobil yo‘lidan foydalanish to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlangandi.

Teglar

Mavzuga oid