Logo

Davlat banklarini xususiylashtirish 2028-yilga surilishi mumkin — Fitch

Kecha 22:251 daqiqa

Amaldagi strategiyada esa 2027-yil oxirigacha ikkita davlat bankini xususiylashtirish ko‘zda tutilgan.

Davlat banklarini xususiylashtirish 2028-yilga surilishi mumkin — Fitch

«O‘zbekiston — 2030» strategiyasida 2030-yil oxirigacha beshta davlat bankini sotish ko‘zda tutilgan. Fitch Ratings 19-noyabrdagi sharhida «O‘zsanoatqurilishbank» (SQB) va «Asakabank»ni sotuvga tayyorlash ishlari jadallashganini ma’lum qildi.

Agentlik fikricha, Franklin Templeton va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ishtiroki bu banklarga o‘z faoliyatini qayta tashkil etishda yordam beradi.
 
Muammoli kreditlar

Fitch bahosiga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda bank sohasidagi islohotlar tezlashgan. Biroq avval berilgan muammoli kreditlar davlat banklari uchun xavf bo‘lib qolmoqda.

Aholiga berilgan kreditlar qay darajada o‘z vaqtida qaytarilishini baholash uchun ham ko‘proq vaqt kerak.
Ayrim davlat banklari muammoli kreditlarni balansdan chiqargan. «SQB» va «Asakabank» esa kreditlarni baholash mezonlarini qat’iylashtirgan. Shundan so‘ng ularning 2025-yilgi hisobotlarida qaytmaslik xavfi bor deb baholangan kreditlar hajmi oshgan.

Fitch muammoli qarzlar bilan ishlash bo‘yicha keyingi choralar banklarning kredit portfeli sifatini yaxshilashini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya banklari O‘zbekistondagi banklarni xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid