Makron: O‘zbekiston asosiy alternativ ta’minotchilardan biri

11.03.2026 | 21:054 daqiqa

Fransiya prezidenti yadro energetikasida Rossiyaga bog‘liqlikni tan olib, O‘zbekistonni bundan qochish uchun muqabil sifatida e’tirof etdi.

Makron: O‘zbekiston asosiy alternativ ta’minotchilardan biri

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropaning Rossiya uraniga bog‘liqligini tan olib, O‘zbekistonni yadro yoqilg‘i importini diversifikatsiya qilishda qit’a uchun asosiy alternativa ta’minlovchilardan biri sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda u kecha, 10-mart kuni Parijda o‘tgan ikkinchi Xalqaro atom energiyasi sammitida so‘z ochdi.

Makron Yevropa Ittifoqining manbalarini kengaytirishi zarurligini, bu esa xavflarni kamaytirish va energiya xavfsizligini mustahkamlashda muhim ekanini ta’kidladi. Fransiya prezidenti Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Kanada va Avstraliya kabi bir qator boshqa yirik uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlarni ham tilga oldi.

O‘zbekistonga alohida e’tibor qaratilayotgani sababi sifatida mamlakatda tasdiqlangan uran zaxiralari mavjud ekani va u eksport salohiyatini faol ravishda kengaytirayotgani keltiriladi. So‘nggi yillarda Toshkent xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirib, Yevropaga energiya xavfsizligi sohasida va’da beruvchi sherik sifatida o‘zini namoyon etmoqda. O‘zbekistondan yetkazib berishlar Yevropa Ittifoqiga Rossiya uraniga bog‘liqlikni kamaytirish va energiya mustaqilligini mustahkamlashga yordam berishi mumkin.

Makron, shuningdek, yadro energiyasini «milliy mustaqillik va suverenitetning kaliti» deb atadi, shu bilan birga, uning dekarbonizatsiya va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishda muhim rol o‘ynaydiganini ta’kidladi. U Fransiyaning yadro siyosati kengashi yaqin kunlarda mamlakatning milliy energiya strategiyasi asosida yangi qarorlar qabul qilishini ham ma’lum qildi.

O‘zbekistonni potensial alternativ uran ta’minlovchilari qatoriga kiritish mamlakatga global uran bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash va Yevropa bilan hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi mumkin. 

O‘zbekiston va Fransiyaning uran bo‘yicha hamkorligi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning 2023-yil noyabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Samarqand shahrida qo‘shma biznes forumi bo‘lib o‘tgandi. Uning ishida ikki davlat rahbarlari ishtirok etgan. Biznes forumida ikki davlat orasidagi kooperatsiyaning yana bir muhim yo‘nalishi sifatida strategik xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ilg‘or texnologiyalar asosida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish qayd etildi. Bu sohada «Orano» kompaniyasi bilan sheriklikni kengaytirish rejalari borligi ta’kidlandi.  Biznes forumida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Orano» kompaniyasi raisi Klod Imoven bilan uchrashdi. Uchrashuvda geologiya-qidiruv ishlari va uran qazib chiqarish borasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

2025-yil 12-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijga tashrifi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Fransiya biznes-forumi doirasida «Orano» va «Navoiyuran» yangi hamkorlik kelishuvini imzoladi. Bu kelishuv uran qazib olish va uran sanoatini rivojlantirish sohasida amalga oshiriladi. Kelishuv birgalikda uran qidiruvi va sanoat ishlab chiqarishini o‘z ichiga oladi, shuningdek atrofmuhit talablariga rioya qilish, xavfsizlik standartlari, ish o‘rinlari yaratish va faoliyat yuritilayotgan hududlarda aholiga qo‘llab-quvvatlash kabi bandlarni o‘z ichiga oladi. 

2025-yil 12-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumda Fransiya va O‘zbekiston qo‘ma korxonasi bosh direktori Benua Lemonn Fransiya kompaniyasi «Orano Mining» va «Navoiyuran» tomonidan tuzilgan o‘zining rahbarligidagi «Nurlikum Mining» qo‘shma korxona 2025-yil oxiriga qadar Janubiy Jongeldi konidan uran qazib olishni boshlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Lemonnning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 2019-yilda tashkil etilgandan beri geologik qidiruv uchun ikki litsenziya olgan. 

O‘zbekiston urani 

2025-yilda O‘zbekistonda 7 000 tonna uran qazib olingan, aniqlangan zaxira hajmi esa 139 000 tonnaни tashkil qildi. Jahon Yadro Assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda uran ishlab chiqarish 4 000 tonnaga teng bo‘lgan, ya’ni 2025 yilda ishlab chiqarish 75 foizga oshgan.

O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Ural Yusupov «O‘zbekiston 24» telekanali bilan suhbatda 2026-yilda bir qator konlarda uran qazib olishni boshlash va tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilganini ma’lum qilgan.

Joriy yilda quyidagi konlarda rivojlanish boshlanishi rejalashtirilgan:

Arnasay koni (Jizzax viloyati)

G‘arbiy Qizilko‘k

Janubiy Jongeldi (Navoiy viloyati)

Sharqiy Agron (Samarqand viloyati)

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmi ortishi kutilgani bois, uranni qayta ishlash қuвvaтини oshirish zarur.

«Xomashyo va mahsulot yetkazib berish zanjirlaridagi global buzilishlar sharoitida bu sanoatni rivojlantirishni tezlashtirish vazifasi qo‘yildi», –dedi u.

Arnasay uran konini rivojlantirishni tezlashtirish bo‘yicha alohida topshiriq berilgan. Loyihaning umumiy investitsiyasi 150 mln dollar atrofida baholanmoqda va «bu yilning iyul oyidan uran qazib olishni boshlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi».

«Arnasay konini rivojlantirish uchun 68 km yo‘l va 110 km yangi elektr uzatish liniyalari qurilishi rejalashtirilgan», – dedi u.

Solishtirish uchun, dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan Qozog‘istonda 2025-yilda ishlab chiqarish 25,8 ming tonnaни tashkil qilgan.

Teglar

Mavzuga oid