Tojikistonda birinchi qonuniy kriptoayriboshlash platformasi ish boshladi

Bugun 17:401 daqiqa

Gap «Bitcom.tj» haqida bormoqda – u Tojikiston IT-parki litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi. Bu kriptovalyuta operatsiyalari endi mamlakatda qonuniy asosda amalga oshirilishini anglatadi.

Tojikistonda birinchi qonuniy kriptoayriboshlash platformasi ish boshladi © citytraffic.ru

Tojikistonda ilk bor fuqarolar kriptovalyutani qonuniy ravishda sotib olish va sotish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Respublikada birinchi rasmiy kriptoayriboshlash platformasi – «Bitcom.tj» ish boshladi, deb xabar berdi «Aziya plyus».

Ushbu servis «Servis i Texnologiya» kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, u Tojikiston IT-parki rezidenti hisoblanadi.

Bu foydalanuvchilar uchun nima anglatadi?

To‘liq qonuniylik – barcha operatsiyalar rasmiy maydonda amalga oshiriladi.

Xavfsizlik – «ko‘chadagi» shubhali almashinuvlar yo‘q.

Ochiq kurslar – yashirin komissiyalarsiz.

Qulaylik – xizmat ko‘rsatish tojik va rus tillarida.

Real ofis – Dushanbe shahrida shaxsan murojaat qilish mumkin.

«Bitcom» nima taklif qiladi?

Somonini kriptovalyutaga va aksincha almashtirish

Mashhur kriptovalyutalar qo‘llab-quvvatlanadi: «Bitcoin», «Tether», «Ethereum» va boshqalar

Tezkor operatsiyalar va maslahat xizmati

Nega bu muhim?

Bu qadam orqali Tojikiston Markaziy Osiyoda to‘liq legal kriptoinfratuzilmani yo‘lga qo‘yayotgan ilk davlatlardan biriga aylanmoqda. Bu esa raqamli iqtisodiyotga o‘tishda muhim bosqich hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid