Andijonda yer uchun 60 ming dollar talab qilgan amaldorlar ushlandi

Bugun 09:251 daqiqa

Andijon tumanida mahalla raisi va hokim yordamchisi 30 sotix yerni rasmiylashtirib berish evaziga 60 ming dollar talab qilgani uchun tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

Andijonda yer uchun 60 ming dollar talab qilgan amaldorlar ushlandi © DXX matbuot xizmati

Andijon tumanidagi MFYlardan birining raisi va ushbu mahalladagi hokim yordamchisi o‘zaro til biriktirib, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaroga chorvachilik maqsadida mazkur mahalla hududidan ajratib berilgan yer maydonining 2 sotixini hamda davlat zaxirasida bo‘lgan 28 sotix yerni Andijon shahrida yashovchi, boshqa bir shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

«Xizmat haqi»

Ular jami 30 sotix yer maydonining bir qismini noturar, qolgan qismini turar joy toifasiga o‘zgartirib berish evaziga, yer uchun 57 ming AQSH dollari va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 3 ming AQSH dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mahalla raisi va hokim yordamchisi oldindan yer maydoni uchun 28 ming AQSH dollari hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 3 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid