add

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni kamaymoqda

24.10.2025 | 09:388111

2025 yilning uchinchi choragida tug‘ilishlar yana 5,5 foizga qisqardi. 170 ta tumanda tug‘ilish soni pasaygan — bu so‘nggi yillardagi keng qamrovli tushish hisoblanadi.

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni kamaymoqda

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning uchinchi choragida tug‘ilishlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 foizga yoki qariyb 15 ming nafarga kamaygan. Ikkinchi chorakda pasayish 3,1 foiz yoki 6,7 mingtani tashkil etgan edi. Demak, kamayish sur’ati ikki barobarga yaqin o‘sgan.

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, tug‘ilishlar soni kamaygan hududlar soni ham keskin ko‘paygan. Agar ikkinchi chorakda tug‘ilish 130 ta tumanda kamaygan bo‘lsa, uchinchi chorakda pasayish 170 ta tumanda kuzatilgan. Faqat 36 ta tumandagina o‘sish qayd etilgan. Shu bilan birga, tug‘ilishlar o‘sgan hududlarda jami nominal o‘sish 1306 nafar bolani tashkil etgan.

tugilish mirkonomika

Eng yuqori o‘sish So‘x tumanida kuzatilgan — tug‘ilishlar soni 18,7 foizga oshgan. Konimex va Forish tumanlarida bu ko‘rsatkich mos ravishda 10,8 va 10,4 foizni tashkil etgan. Biroq Xonobod shahrida tug‘ilishlar 70 foizga, Ohangaron va Yangiobod tumanlarida qariyb 28 foizga pasaygan.

tugilish mirkonomika2

Tahlillarga ko‘ra, bu pasayish mamlakatdagi «demografik yama» — mustaqillikning ilk yillarida tug‘ilgan avlod soni kam bo‘lgani bilan izohlanadi. Hozir ana shu avlod farzand ko‘rish yoshiga yetgan, natijada tug‘ilishlardagi umumiy ko‘rsatkich pasaymoqda.

Shu bilan birga, fertillik darajasi — ya’ni har bir ayolga to‘g‘ri kelayotgan farzandlar soni — 2024 yilda 3,38 ni tashkil etgan. Bu 2023 yilga nisbatan 0,09 bandga pasaygan bo‘lsa-da, mutaxassislar mamlakat demografik krizis bosqichida emas, deb hisoblaydi.

Teglar

Mavzuga oid