add

Qozog‘iston prezidentining sobiq maslahatchisi kaltaklab o‘ldirildi

30.10.2025 | 18:0010961

56 yoshli sobiq maslahatchisi o‘zining 36 yoshli erkak tanishi bilan janjallashib qolgan.

Qozog‘iston prezidentining sobiq maslahatchisi kaltaklab o‘ldirildi

29 oktabr kuni Qozog‘istonda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan sobiq davlat arbobi Yerjan Boboqumarov halok bo‘ldi. Bu haqda «Sputnik Qozog‘iston» va «Orda.kz» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 56 yoshli Boboqumarov va uning 36 yoshli tanishi o‘rtasida og‘zaki tortishuv kelib chiqqan. Janjal tez orada mushtlashuvga aylangan. Sobiq amaldor og‘ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida vafot etgan.

Qozog‘iston Bosh prokurorining o‘rinbosari G‘alimjon Qo‘ygeldiyevning ta’kidlashicha, voqea yuzasidan politsiya tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yerjan Boboqumarov 1969 yil 2 mart kuni Taldiqo‘rg‘on viloyatida tug‘ilgan. U Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagan va 1990-yillardan boshlab davlat xizmatlarida faoliyat yuritgan.

Boboqumarov o‘z xizmat faoliyati davomida Prezident ma’muriyati, Bosh vazir devoni va Madaniyat vazirligida turli lavozimlarda ishlagan. U 2019 yil aprel–iyul oylarida prezident Qosim-Jomart To‘qayevning maslahatchisi bo‘lgan. Keyinchalik 2022 yilgacha Olmota hokimining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

«Orda.kz» yozishicha, u 2022 yil yanvar voqealaridan keyin lavozimini tark etgan va ommaviy hayotdan chetlashgan. Marhumning xotini, bir o‘g‘li va bir qizi qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning sentabr oyida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) tomonidan poytaxt Olmotada tayyorgarlik bosqichida bo‘lgan terror hujumning oldi olingani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid