add

Qozog‘istondagi teraktning oldi olindi

28.10.2025 | 11:2910451

Terror hujum besh nafar chet el fuqarosi tomonidan rejalashtirilgan.

Qozog‘istondagi teraktning oldi olindi

Joriy yilning sentyabr oyida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) tomonidan poytaxt Olmotada tayyorgarlik bosqichida bo‘lgan terror hujumning oldi olindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, terror hujumi besh nafar chet el fuqarosi tomonidan rejalashtirilgani aniqlangan.

«Ularning barchasi qamoqqa olingan, tergov ishlari olib borilmoqda», - deyildi xabarda.

Bundan tashqari, MXQ ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning sentyabr va oktyabr oylarida terrorizm targ‘ibotida gumon qilinib, sakkiz nafar Qozog‘iston fuqarosi jinoiy ishlar doirasida hibsga olingan.

Tergov jarayoni va uning natijalari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar hozircha oshkor etilmayapti.

Shuningdek, MXQ xabar berishicha, joriy yilning sentyabr va oktyabr oylarida terrorizm g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumon qilinib, sakkiz nafar Qozog‘iston fuqarosi jinoiy ish doirasida hibsga olingan.

Bundan tashqari, komitet materiallari asosida terroristik va ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullangan olti kishi sud hukmi bilan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.

MXQning rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, yil boshidan buyon terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha 89 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, ularning oltitasi chet el fuqarolari ekani qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Qozog‘istondagi teraktning oldi olindi | Vaqt.uz