add

Rossiyada developerlarning 19 foizi kasod bo‘lish arafasida — sotuvlar yaxshi emas

13.08.2025 | 08:4045514

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin qurilish muddatini kechiktirgan developerlarning taxminan 19 foizi moliyaviy xavf ostida ekanini ma’lum qildi. Biroq, bu raqam ularning barchasi ham albatta kasod bo‘ladi degani, emas dedi u.

Rossiyada developerlarning 19 foizi kasod bo‘lish arafasida — sotuvlar yaxshi emas
«Vedomosti» nashriga bergan интервюсида Xusnullin agar Markaziy bankning yuqori asosiy stavkasi yana yarim yil saqlanib qolsa, ipotekaga davlat yordami to‘xtasa va aholi uy-joy xaridini kamaytirsa, muammoli kompaniyalar ulushi 30 foizdan ham oshib ketishi mumkinligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, imtiyozli ipoteka dasturlari qurilish bozori uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ilgariroq ularning ulushi 20–30 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 80 foizga yetgan. «Oilaviy ipoteka» dasturi bir nafar 6 yoshgacha farzandi bor oilalar uchun ham saqlab qolingani tarmoqda keskin pasayishning oldini oldi. Rossiyada uy-joy qurilishi va yaqin sohalar yalpi ichki mahsulotning qariyb 14 foizini ta’minlaydi. Aholi yiliga taxminan 16 trln rubl yo‘naltirib, bozorda asosiy investor sifatida ishtirok etmoqda. Shu bois, ipoteka dasturlari va qurilish sohasini qo‘llab-quvvatlash davlat uchun strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. Xusnullin developerlar uchun qator qo‘llab-quvvatlash takliflarini ham bildirdi. Jumladan, to‘lov kechiktirilganda ularga banklar bilan teng huquq berish, guruh ichidagi kompaniyalar o‘rtasida foydani qayta taqsimlash imkoniyatini qonunchilikka kiritish taklif etildi. Shuningdek, u to‘lovni bo‘lib to‘lash mexanizmni xavfli, ammo hozirgi sharoitda majburiy chora sifatida baholadi. Davlat Dumasi Qurilish va UJKX qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Svetlana Razvorotneva ham vaziyatning jiddiyligini tasdiqladi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, birlamchi bozorda sotilmagan uy-joy ulushi 70 foizga yetgan. Bu ko‘rsatkich qurilish kompaniyalari uchun jiddiy xavf va bozordagi talabning pasayishidan dalolat beradi. Hukumat qurilgan, ammo sotilmagan uylarni ijaraga berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, «Oilaviy ipoteka» dasturini 14 yoshgacha farzandi bor oilalarga kengaytirish masalasi muhokama qilinmoqda. Maqsad — uy-joy bozorini barqaror ushlab turish va developerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiyotdagi salbiy oqibatlarning oldini olish.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada developerlarning 19 foizi kasod bo‘lish arafasida — sotuvlar yaxshi emas | Vaqt.uz