add

Rossiyada Putinning milliy loyihalarida ko‘p milliardlik o‘marishlar aniqlandi

28.06.2025 | 13:3041223

Rossiya Bosh prokuraturasi va Federal soliq xizmati Vladimir Putin boshlagan milliy loyihalarda ko‘lamli davlat mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi.

Rossiyada Putinning milliy loyihalarida ko‘p milliardlik o‘marishlar aniqlandi
2024–2025 yillarda o‘tkazilgan tekshiruvlar yirik pudratchilarning soliqdan qochish va soxta bankrotlik orqali byudjet mablag‘larini xufiyona aylanmaga chiqarish sxemalarini fosh etdi. Shu orqali 1,3 mlrd rubllik sun’iy qarzdorlik aniqlandi, 670 mln rubllik mulk qaytarildi va 4 mlrd rubldan ortiq soliq byudjetga undirildi. Moskva, Tatariston va anneksiya qilingan Qrimda amalga oshirilgan «Sog‘liqni saqlash» va «Demografiya» loyihalarida ishtirok etgan kompaniyalardan biri 3,7 mlrd rubllik shartnomaviy majburiyatlarni bajarmagani aniqlandi. U mablag‘larni qalbaki hujjatlar orqali affillangan firmalarga o‘tkazib yuborgan. Sud 1 mlrd rubllik qarzni soxta deb topdi. Shuningdek, soliq organlari 7,2 mlrd rubllik soliq qarzini undirish qarorlarining qonuniyligi tasdiqlandi. Masalan, Tambov oblastida prokuratura firmalar zanjiri orqali 1,6 mlrd rubllik QQSni kamaytirishga uringan kompaniya da’vosini rad ettirdi. Yana uch mintaqada «Xavfsiz va sifatli yo‘llar» loyihasi bajaruvchisi 718 mln rubllik QQS to‘lashdan qochish sxemasiga to‘siq qo‘yildi. Aniqlangan qoidabuzarliklar 2018 yildagi Putinning may farmonida davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan loyihalarda sodir bo‘lgan. Bu loyihalar prezident chiqishlari va majlislarida muntazam tilga olinadi va davlat rahbari nazoratida turadi.

Teglar

Mavzuga oid