add

Tojikistonda Ismoil Somoniy muzligining katta qismi ko‘chib tushdi

28.10.2025 | 21:204412

Ushbu muzlik uzunligi taxminan ikki kilometr, balandligi-25 metr, kengligi-150-200 metrga teng bo‘lgan.

Tojikistonda Ismoil Somoniy muzligining katta qismi ko‘chib tushdi

Tojikistonning Tojikobod tumanida joylashgan Ismoil Somoniy cho‘qqisidagi muzlikdan katta hajmdagi muz bo‘lagi ajralib tushdi. Bu haqda haqida respublika Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi (FVQ) xabar berdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 25 oktyabr kuni taxminan soat 11:00 da Safedobi qishlog‘i yaqinida ro‘y bergan.

Muzlikning ajralgan qismi dara bo‘ylab pastga siljigan, ammo soat 14:00 ga kelganda vaziyat to‘liq nazorat ostiga olingan.

Ajralgan muzlik bo‘lagining o‘lchamlari taxminan 2 kilometr uzunlikda, 25 metr balandlikda va 150-200 metr kenglikda ekanligi aniqlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jiddiy vayronagarchiliklar ro‘y bermagan.

Biroq, mutaxassislar uzoq davom etgan yomg‘irlar va muzlikning yangi bo‘laklari ajralishi ehtimoli tufayli Gulrez qishlog‘idagi qishloq xo‘jaligi xavf ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Mahalliy hokimiyat organlari va qutqaruv xizmatlari vaziyatni kuzatishni davom ettirmoqda va har qanday o‘zgarishlarga zudlik bilan munosabat bildirishga shay turmoqda.

Ismoil Somoniy muzligi Tojikistonning baland tog‘laridagi yirik muzlik massalaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislar muzlik bo‘lagining ajralishini iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda, bu esa mintaqada tabiiy ofatlar xavfini kuchaytirmoqda. Muzliklarning qisqarishi uzoq muddatli istiqbolda jiddiy ekologik va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Ushbu hodisa iqlim o‘zgarishi va uning muzliklar hamda mintaqa ekologiyasiga ta’siri masalalariga e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor ko‘rsatib berdi. Hozirgi paytda voqealarning keyingi rivojlanishini baholash va falokatli oqibatlarning oldini olish bo‘yicha mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqish ishlari davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Tojikistonda Ismoil Somoniy muzligining katta qismi ko‘chib tushdi | Vaqt.uz