add

To‘qimachilikda «dolzarb yuz kunlik» e’lon qilinadi — Prezident

13.08.2025 | 14:3089310

To‘qimachilik korxonalarining kreditidan 2,2 mlrd dollar qarzdorligi bor. Kreditlarning 90-95 foizi xorijiy valyutada. «Bunday sharoitda korxonalar tashqi bozorda qanday raqobat qiladi, kreditini qanday qaytaradi?» — deya savol qo‘ydi Prezident.

To‘qimachilikda «dolzarb yuz kunlik» e’lon qilinadi — Prezident
So‘nggi besh yilda sohada 3,5 mlrd dollarlik 396 yirik korxona ishga tushirilib, ishlab chiqarish hajmi 10 mlrd dollarga yetdi. Tarmoqda 500 mingdan ortiq kishi band, bu sanoatda band aholining 20 foizini tashkil etadi. Biroq so‘nggi vaqtlarda ishlab chiqarish va eksport o‘sishi sekinlashgani, jahon bozorida paxta narxining 2022 yildan beri tonnasiga 3 ming dollardan 1,5 ming dollarga tushishi klasterlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.   To‘qimachilik korxonalarining tijorat kreditlaridan 2,2 mlrd dollar qarzi bor Prezidentimiz ayrim «uddaburonlar» arzon davlat resurslari hisobidan paxta «spekulyatsiyasi» bilan shug‘ullanayotganini tanqid qildi. Shu bilan birga, to‘qimachilik korxonalari tijorat kreditlaridan 2,2 mlrd dollar qarzdor ekani, kreditlarning 90-95 foizi xorijiy valyutada ekani qayd etildi. Atigi 16 foiz korxona xalqaro sertifikatga ega.
«Bunday sharoitda korxonalar tashqi bozorda qanday raqobat qiladi, kreditini qanday qaytaradi?» — deya savol qo‘ydi Prezident.
Har bir viloyatda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar borligiga qaramay, brendlar bilan hamkorlik va zamonaviy standartlarga o‘tish sustligi ta’kidlandi. Ayrim viloyatlarda tolani qayta ishlash quvvatlari xomashyoga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p ekaniga qaramay, ip-kalava loyihalari taklif etilayotgani tanqid qilindi.   Tadbirkorlar kreditining 377 milliard so‘mlik penyasi to‘liq bekor qilinadi Prezident topshirig‘iga asosan to‘qimachilikda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq tadbirkorlarning fikrlari o‘rganildi.
«Ularni qiynayotgan masalalar bilan to‘liq tanishdim. Hozir yechimlarini aytaman. Bugundan to‘qimachilikda «dolzarb yuz kunlik» e’lon qilamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Avvalo, ahvoli yomonlashgan ayrim korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va tannarxni kamaytirish choralari belgilab olindi. Joriy yilda klasterlarning kredit qarzdorligini garov qo‘yish sharti bilan 5 yilgacha uzaytirishga ruxsat berildi. Bunda garov qo‘ygan klasterlar faqat asosiy qarzni to‘laydi, foizlar esa qarz to‘liq qoplanganidan keyin undiriladi. Bu orqali yiliga 800 milliard so‘m aylanma mablag‘ klasterlar ixtiyorida qolishi kutilmoqda. Agar klasterlar qarz va foizni o‘z vaqtida to‘lasa, foizning Jamg‘arma hissasiga to‘g‘ri keladigan yarmi tadbirkorga qaytariladi. Shuningdek, 2022–2023 yillar hosili uchun berilgan kreditlar bo‘yicha 1 avgust holatidagi 377 milliard so‘mlik penya to‘liq bekor qilinadi.   Paxtani o‘z vaqtida va yo‘qotishsiz yig‘ib olish uchun fermerlarga subsidiya ajratiladi Tijorat kreditlari bo‘yicha 2,2 mlrd dollar majburiyati mavjud 144 ta to‘qimachilik korxonasini moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari ishlab chiqiladi. Faoliyatini barqarorlashtirish imkoni bor korxonalarning kredit muddati 7 yilgacha uzaytiriladi. Paxtani o‘z vaqtida va yo‘qotishsiz yig‘ib olish uchun fermerlarga tonnasiga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Agar korxonalar paxtani o‘z mablag‘i hisobidan yetishtirsa yoki xarid qilsa, xomashyo qiymatining 10 foizi qoplab beriladi. Shuningdek, to‘qimachilik zanjiridagi barcha korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi. Bu borada ijtimoiy reyestr talabi bekor qilinib, mahsulot realizatsiyasida to‘qimachilik ulushiga qo‘yilgan talab 90 foizdan 70 foizga tushiriladi.   Tolani qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymagan klasterlarning maqomi bekor qilinadi Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z xodimlari farzandlari uchun bog‘cha tashkil qilgan korxonalarga xususiy bog‘chalardagi kabi har bir tarbiyalanuvchi uchun subsidiya ajratilishini ma’lum qildi. Sohada elektr ta’minoti masalasi dolzarb ekani bois korxonalarga o‘rnatilgan quyosh panellarini tarmoqqa ulashga ruxsat beriladi. Bu maqsad uchun 200 mln dollar kredit yo‘naltirilib, stavkaning 10 foizgacha qismi qoplab beriladi. Prezident korxonalarga berilgan imtiyozlardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi. Hozirda 15 ta klasterda tolani qayta ishlash quvvati yo‘q, yana 12 tasining quvvati yetarli emas. Ular xomashyosi kam ip-yigiruv korxonalari bilan kooperatsiya tizimini yo‘lga qo‘yishi shart. Shu bilan birga, belgilangan tartibda tolani qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymagan klasterlarning maqomi keyingi yildan bekor qilinadi va ularga paxta hosili uchun imtiyozli kredit berilmaydi.

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

Jahonda savdo qoidalarining tez o‘zgarishi yoki logistikadagi uzilishlar to‘xtamayotgani sharoitida to‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirishga alohida yondashuvlar zarurligi qayd etildi. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinishini e’lon qildi. Agentlik to‘qimachilik, charm va ipak sanoatiga mas’ul bo‘ladi. Agentlikka investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qiladi.

Agentlik qoshida tajribali tadbirkorlardan iborat kengash tashkil qilinadi. Agentlikning alohida jamg‘armasi bo‘ladi, davlat ko‘magi, shuningdek to‘qimachilik korxonalariga arzon aylanma mablag‘ shu jamg‘arma orqali beriladi. Jamg‘armaga 200 million dollar ajratiladi.

Teglar

Mavzuga oid

To‘qimachilikda «dolzarb yuz kunlik» e’lon qilinadi — Prezident | Vaqt.uz