Logo

Toshkent shahar hokimligi yo‘llarni ta’mirlashga 2,6 mlrd so‘mdan ortiq pul ajratdi

Kecha 14:251 daqiqa

Pullar buyurtmachiga Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘tkazib beriladi.

Toshkent shahar hokimligi yo‘llarni ta’mirlashga 2,6 mlrd so‘mdan ortiq pul ajratdi © Foto: president.uz

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘llarni ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish to‘g‘risida poytaxt hokimligi 19-oktabrda qaror chiqardi. Unga hokim Shavkat Umrzoqov imzo chekkan.

Unda yozilishicha, Umrzoqovning transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 9-oktabr taklif bilan chiqqan. Taklifda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim yo‘llarni ta’mirlash lozimligi aytilgan. Hokim bu taklifni qanoatlantirib, umumiy hisobda 2 milliard 690 million so‘m ajratdi.

Bu pullarning 469 million so‘mi Do‘rmon ko‘chasidagi umumiy uzunligi 150 metr bo‘lgan qismida yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga, 580 million so‘mi esa Mirzakalon Ismoiliy ko‘chasining ta’mirtalab 500 metr qismi uchun qurilish-ta’mirlash ishlariga ishlatilishi aytilgan.

Shuningdek, ta’mirlash ishlari uchun Toshkent halqa avtomobil yo‘li va Forobiy ko‘chalari kesishmasiga 250 million so‘m, Toshkent halqa avtomobil yo‘li va Chorbog‘ ko‘chalari kesishmasiga 200 million so‘m, Toshkent halqa avtomobil yo‘li va Xonobodtepa shohko‘chalari kesishmasiga 210 million so‘m, Mirzo Ulug‘bek va Temur Malik ko‘chalari kesishmasiga 250 million so‘m ajratildi.

Bundan tashqari, 650 million so‘mga Maxtumquli va Ohangaron ko‘chalari kesishmasida qo‘shimcha yo‘lak ochiladi.

Mazkur obyektlar bo‘yicha buyurtmachi — «Toshkent shahri Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati» DM bo‘lib, pullar unga Toshkent shaharini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘tkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiva shahar hokimligi budjetdan 2,2 milliard so‘mdan ortiq pul ajratgani haqida yozgan edik.

Teglar

Mavzuga oid