Logo

O‘zbekistonda mashina ishlab chiqarish 9,2 foizga oshdi

Bugun 13:471 daqiqa

Tracker avtomobillari Onix’ga qaraganda 25,1 foiz ko‘proq ishlab chiqarilgan. BYD Kia’dan 7,7 foizga ko‘proq chiqarildi. Cobalt 4 foizga ko‘paydi.

O‘zbekistonda mashina ishlab chiqarish 9,2 foizga oshdi © Foto: shutterstock

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 356 ming 318 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 30 ming donaga yoki 9,2 foizga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. 

To‘qqiz oy davomida Cobalt eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil bo‘ldi va uning soni 120 ming 672 donaga yetib, umumiy ishlab chiqarishning 33,9 foizini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga ko‘p.

Ikkinchi o‘rinni 63 ming 401 dona bilan Damas egallagan. Bu jami ishlab chiqarilgan avtomobillarning 17,8 foiziga teng. Biroq uni ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 foizga kamaygan.

Keyingi o‘rinlarda Tracker (34 ming 80 dona) va Onix (27 ming 247 dona) joylashgan. Ularning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi mos ravishda 9,6 va 7,6 foiz bo‘lgan. Tracker avtomobillari Onix’ga qaraganda 25,1 foiz ko‘proq ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, to‘qqiz oyda 26 ming 706 dona BYD va 24 ming 801 dona Kia avtomobillari ham ishlab chiqarilgan. BYD ishlab chiqarish hajmi Kia’dan 7,7 foizga yuqori bo‘ldi.

Chery avtomobillari soni 7 ming 221 donani, Haval esa 6 ming 953 donani tashkil etgan. Ularning har biri jami ishlab chiqarishning qariyb 2 foiziga to‘g‘ri kelgan.

Bundan tashqari, 2 ming 137 dona Damas Move, 2 dona TANK 500 hamda 43 ming 98 dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Maxsus yengil avtomobillar umumiy ishlab chiqarishning 12,1 foizini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Cobalt ishlab chiqarish hajmi oshayotganiga qaramay, ichki bozorda sotuvlar kamaygandi.

Teglar

Mavzuga oid