Logo

O‘zbekiston va Gruziya Prezidentlari Turkiyada muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Mixail Kavelashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Gruziya Prezidentlari Turkiyada muzokara o‘tkazdi © Foto: president.uz

Turkiyaga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston – Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 2-3-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat parlamentlari, vazirliklari, idoralari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni izchil ortib bormoqda. O‘zbekistonda gruziyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda.

Tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini ilgari surish, turizmni rivojlantirish, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish hamda ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka keng jalb etish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Gruziya Prezidentlari Turkiyada muzokara o‘tkazdi | Vaqt.uz