Logo

«Uzcard» kuzatuv kengashi raisi va ikki a’zosi lavozimini tark etdi

Bugun 17:131 daqiqa

Hozirda kompaniya aksiyalarining 25 foiziga egalik qiluvchi Kamron Akbarov kengashga raislik qilmoqda.

«Uzcard» kuzatuv kengashi raisi va ikki a’zosi lavozimini tark etdi © Uzcard

«Uzcard» to‘lov tizimi operatorining kuzatuv kengashi raisi Akbar Akilov va yana ikki a’zoning vakolati tugatildi hamda kengash a’zolari soni besh nafardan uch nafarga (40 foizga) qisqardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ (Uzcard) kuzatuv kengashi raisi Akbar Akilov, shuningdek, kengash a’zolari Aziz Yusupov va Ulug‘bek Sodiqovlarning vakolatlari muddatidan oldin to‘xtatilgan. Kompaniya tomonidan mazkur o‘zgarishlarning sabablari ochiqlanmagan.

Kuzatuv kengashining yangi tarkibi

Yig‘ilish qaroriga muvofiq, «T-Y-Z GROUP» MCHJ bosh direktori Jahongir Zaripov kuzatuv kengashiga yangi a’zo sifatida saylangan. Shu bilan birga, kompaniya aksiyalarining 25 foiziga egalik qiluvchi Kamron Akbarov hamda «IMC-CAPITAL» MCHJ investitsiya menejeri Jasur Tursunbayev kengash tarkibiga qayta saylangan.

Aksiyadorlar yig‘ilishi qarorida yangi tarkibdagi rais nomi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, «Uzcard» rasmiy saytidagi yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, kuzatuv kengashi raisi lavozimini Kamron Akbarov egallagan.

Ma’lumot o‘rnida, to‘lov tizimi aksiyalarining 75 foizi «IMC-CAPITAL» MCHJga, qolgan 25 foizi esa Kamron Akbarovga tegishli hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Uzcard» to‘qqiz oy davomida 1,6 trln so‘mdan ortiq sof foyda ko‘rgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid