Logo

«Asia Alliance Bank» nufuzli «International Finance Awards 2026» xalqaro mukofotining ikkita muhim nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Bugun 19:511 daqiqa

Bank tadbirkorlarga moslashuvchan kredit mahsulotlari, ishonchli hisob-kitob-kassa xizmatlari hamda har bir mijozga individual yondashuvni taklif etadi. Bankning raqamli xizmatlari ham e’tirof etildi.

«Asia Alliance Bank» nufuzli «International Finance Awards 2026» xalqaro mukofotining ikkita muhim nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Britaniyaning «International Finance» moliyaviy-tahliliy nashri tomonidan ta’sis etilgan «International Finance Awards 2026» mukofoti bank sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofotlaridan biri hisoblanadi. «Asia Alliance Bank» tomonidan mukofotning «Best Bank for SME in Uzbekistan» (O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes uchun eng yaxshi bank) va «Best New Mobile Banking App in Uzbekistan» (O‘zbekistondagi eng yaxshi yangi mobil banking ilovasi) nominatsiyalarida qo‘lga kiritilgan g‘alaba mijozlar ishonchining yuqori darajasini, O‘zbekistonda tadbirkorlikni samarali qo‘llab-quvvatlashni hamda bankning raqamli yechimlari jadal rivojlanayotganini tasdiqlaydi.

«Best Bank for SME» nominatsiyasidagi e’tirof «Asia Alliance Bank»ning kichik va o‘rta biznes subyektlari rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarini aks ettiradi. Bank tadbirkorlarga moslashuvchan kredit mahsulotlari, ishonchli hisob-kitob-kassa xizmatlari hamda har bir mijozga individual yondashuvni taklif etadi.

O‘z navbatida, «Best New Mobile Banking App» nominatsiyasidagi g‘alaba bank raqamli xizmatlarining muvaffaqiyatli transformatsiyasini, shuningdek, kundalik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda qulaylik, tezkorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan yechimlar samaradorligini namoyon etadi.

Teglar

Mavzuga oid