
Toshkentda 8 sentyabrdan issiq suv ham vaqtincha o‘chiriladi
07.09.2025 | 21:3045475
«Veolia Energy» kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda kuzgi profilaktika ishlari sabab 8 setyabrdan turli tuman va mahallalarda issiq suv uzatilishi bosqichma-bosqich to‘xtatib turiladi.

«Hurmatli iste’molchilar, ushbu ishlar tizimni qishki mavsumga tayyorlash uchun zarur. Vaziyatni tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz», deyiladi xabarda.
8–12 sentyabr kunlari:
Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burhonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li, Feruza;
Massivlar: Qorasuv–1,2,3,4,6; Bo‘z–2; Feruza;
Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin va boshqalar;
Massivlar: Chilonzor (5–26, 30, 31, G9A, 20A), Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy–1,2, Beshqayrag‘och, Izza, O‘rikzor bozori atrofi.
15–19 sentyabr kunlari:
Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysizlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent ko‘chalari; Massivlar: Tuzel–1/4, Uysizlar–1, Asalobod–1,2, Aviasozlar shaharchasi (1, 1a, 2, 3, 4);
Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Shota Rustaveli, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Nurafshon, Afrosiyob va boshqalar;
Massivlar: Ts–1, 2, 4, 5, 7; Oqtepa, Chilonzor (1–5 ,7, E, I), Qushbegi, Boshliq, Uchuvchilar shaharchasi.
22–26 sentyabr kunlari:
Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on va boshqalar;
Massivlar: Yalang‘och, Toshqishloqmach, Mavlono Riyoziy, Bo‘z–1, ToshGRES posyolkasi;
Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Shifonur, Chorsu maydoni va atrofi.
29 sentyabr – 3 oktyabr kunlari:
Amir Temur, Mustaqillik, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Yahyo G‘ulomov, Shahrisabz, Shastri, Dehqonobod, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Yunusobod va boshqalar;
Massivlar: Beltepa, Ibn Sino–1,2, Jorariq, Beshqurghon–1÷4, Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, Yunusobod (1–19), Sebzor.
6–10 oktyabr kunlari:
Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod va boshqalar;
Massivlar: Qo‘yliq–1/7, Qo‘yliq–Aylanma;
Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, Sug‘diyona, Qipchoq, Chinar, Davlatobod, Do‘stlik, Sergeli 1–8A, Yulduz 1–18«Vodnik» massivi (Husayn Boyqaro ko‘chasi, Bektemir);
«Quruvchi» massivi (Sergili).
Ma’lumotlarga ko‘ra, ishlar tugagach, Toshkentning barcha hududlarida issiq suv ta’minoti qayta tiklanadi. Kompaniya fuqarolardan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘rab, vaziyatni tushunishga chaqirmoqda.
Avvalroq 8 sentyabrdan 10 oktyabrgacha Toshkentning barcha tumanlarida ichimlik suvi bosimi pasayishi yoki ta’minotning vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabar bergan edik (https://vaqt.uz/2025/09/05/toshkentda-ichimlik-suvi-rejali-ochiriladi-royxat/).





