
Ukraina zarbalari Rossiya neft sanoatiga 11 mlrd dollardan ortiq ziyon yetkazdi
Neftni qayt ishlash zavodlarilarga dron hujumlari Rossiyaning neft sektorda yirik moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda

Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya neftni qayta ishlash zavodlari (NQIZ)ga yo‘naltirilgan zarbalari neft va gaz sohasida 11 mlrd dollardan ortiq iqtisodiy zarar keltirib chiqardi. Bu haqda «Kommersant»ga suhbatda «Mains» sug‘urta brokeri bosh direktor o‘rinbosari Yevgeniy Borovikov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, pilotsiz parqoz qurilmalari hujumlari natijasida neft va gaz sohasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotishlar 100 mlrd rublдaн oshgan. Yo‘qolgan daromadlar va bilvosita zararlar hisobga olinganda esa umumiy summa qariyb 1 trln rublni, ya’ni 11,1 mlrd доллaрдaн ortiqni tashkil etmoqda.
«Bloomberg» hisob-китоблaриga ko‘ra, 2025 yil davomida Ukraina tomonidan Rossiya neft infratuzilmasiga 184-marta hujum amalga oshirilgan. Ular orasida NQIZlar, dengiz infratuzilmasi, tankerlar va quvur liniyalari bor.
Neftni qayta ishlashda pasayish
Hujumlar fonida Rossiya NQIZlariga quvur orqali neft yetkazib berish hajmi so‘nggi 15 yildagi eng past darajaga tushdi. Argus ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda zavodlar 228,34 mln tonna xomashyo qabul qilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,6 foizga kam.
Shu bilan birga, neftni umumiy qayta ishlash hajmi ham 1,7 foizga qisqarib, 262,3 mln tonnaни tashkil etdi. «Kommersant» manbalariga ko‘ra, ayrim NQIZlar ishni vaqtincha to‘xtatish yoki quvvatni cheklashga majbur bo‘lgan.
Bu vaziyat neft mahsulotlari bozorida ichki ta’minot barqarorligiga ham bosim o‘tkazmoqda. Ayrim hududlarda logistika va zaxira masalalari yanada murakkablashgan.
Sug‘urta bozorida inqiroz
NQIZlarga hujumlar sug‘urta bozorida ham keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. 2025 yilda «terrorizm» va qo‘poruvchilik bilan bog‘liq xatarlar bo‘yicha ziyon ko‘rish 100 foizdan oshib ketdi. Sug‘urta kompaniyalari tariflar va franshizalarni bir necha barobar oshirdi.
«Soglasiye» kompaniyasida ushbu segment bo‘yicha ziyon ko‘rish 10 baravarga o‘sgan. Boshqa yirik sug‘urtachilar ham to‘lovlar mukofotlardan yuqori ekanini tan olmoqda. «Remind» brokeri esa birgina hujum bo‘yicha o‘rtacha zararni yuzlab million rubl deb baholaydi.
Mutaxassislarga ko‘ra, pilotsiz parvoz qurilmalari soni va hujum taktikasi o‘zgarishi Rossiya neft sanoati uchun uzoq muddatli tizimli xatarlarni shakllantirmoqda.





