Yarim yillikda eng katta byudjet taqchilligi qayd etilgan hudud ochiqlandi
05.08.2025 | 10:4038613
Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlarida mahalliy byudjetlar kamomadi kuzatilgan. Eng katta tafovut esa Farg‘ona viloyatida qayd etilgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–iyun oylarida mahalliy byudjetlar daromadlari 33,7 trln so‘m, xarajatlari esa 48,5 trln so‘mni tashkil etdi. Poytaxt 6,8 trln so‘m daromad va 7,3 trln so‘m xarajat bilan respublika bo‘yicha eng yirik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Toshkent viloyatida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 3,56 trln va 3,9 trln so‘mni tashkil qildi.
Sirdaryo viloyati eng kam daromad olgan hudud bo‘ldi — 885 mlrd so‘m. Uning xarajatlari esa 1,96 trln so‘mdan oshgan. Jizzax, Xorazm, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari ham nisbatan past daromadga ega bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatining xarajatlari 4,7 trln so‘mdan oshib, 1,8 trln so‘mlik katta byudjet tafovutiga olib keldi. Bu kamomadning 1,1 trln so‘m qismi respublika byudjeti hisobidan qoplandi. Samarqand viloyatida bu ko‘rsatkich 1,6 trln, Andijonda 1,5 trln, Namanganda 1,36 trln so‘mni tashkil etdi. Qoraqalpog‘istonda esa 1,4 trln so‘mlik tafovut qayd etildi.
Eng kichik kamomad Navoiy viloyatida — 279 mlrd so‘m. Toshkent viloyati (365 mlrd) va Toshkent shahri (527 mlrd)da ham tafovut boshqa hududlarga nisbatan past darajada bo‘ldi.