add

Yevropa AQSHga qarshi 93 mlrd yevrolik boj zarbasini tayyorlamoqda

Bugun 20:182 daqiqa

Grenlandiya bo‘yicha Tramp bosimi kuchaygan bir paytda, Yevropa Ittifoqi AQSHga qarshi tarixda ilk bor keng qamrovli iqtisodiy javob choralarini muhokama qilmoqda.

Yevropa AQSHga qarshi 93 mlrd yevrolik boj zarbasini tayyorlamoqda© Фото: ft.com

Yevropa Ittifoqi AQSHga nisbatan misli ko‘rilmagan iqtisodiy qarshi choralar paketini ishlab chiqmoqda. «Financial Times» nashrining xabar qilishicha, Brussel umumiy qiymati 93 mlrd yevroga teng bo‘lgan amerikalik tovarlarga boj joriy etish, shuningdek, AQSH kompaniyalarining yagona Yevropa bozoriga kirishini cheklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Keskinlikka sabab — AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya masalasidagi qat’iy talabi va NATO ittifoqchilariga nisbatan boj tahdidlaridir.

Tramp 1-fevraldan Buyuk Britaniya, Norvegiya doxil Yevropa Ittifoqining olti davlati mahsulotlariga 10 foizlik boj joriy etilishini ma’lum qildi. Ushbu davlatlar Vashingtonning Grenlandiyani AQSH nazoratiga o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamagan.

YI javob choralarini Jahon iqtisodiy forumi arafasida bosim vositasi sifatida tayyorlamoqda. Davosda Yevropa yetakchilari bilan Tramp o‘rtasida muzokaralar rejalashtirilgan. Brusselning asosiy maqsadi — Oq uyni murosa qilishga majbur etish va G‘arb harbiy ittifoqida xavfli bo‘linishning oldini olish. Manbalarga ko‘ra, bojlar ro‘yxati o‘tgan yiliyoq shakllantirilgan, ammo uni amalga oshirish 6-fevralga qadar kechiktirilgan.

Muhokamalarda 2023 yilda qabul qilingan, ammo hali qo‘llanilmagan «iqtisodiy majburlashga qarshi vosita»dan foydalanish ham ko‘rib chiqildi. U Brusselga chet el kompaniyalarining YI bozoriga kirishini cheklash, investitsiyalarni bloklash va xizmatlar eksportini to‘sish huquqini beradi. Ichki hujjatlarda bu mexanizm AQSH texnologik gigantlariga nisbatan ham ishlatilishi mumkinligi qayd etilgan.

Geosiyosiy keskinlik moliya bozorlarida ham aks etdi: Euro Stoxx 50 fyucherslari 1,5 foizga pasaydi, oltin esa unsiyasiga 4690 dollarlik narxga chiqib, tarixiy rekord o‘rnatdi.

Teglar

Mavzuga oid