Neft narxlari pasayadi, lekin 2022 yildan buyon eng tez haftalik o‘sish kutilmoqda
Bu Yaqin Sharqdagi urush tufayli yuzaga kelgan yetkazib berish kamchiligini qoplash uchun Rossiya neftini xarid qilish bo‘yicha cheklovlar yumshaganidan so‘ng ro‘y berdi.

Bugun, 6-mart kuni neft narxlari pasayib, besh kunlik o‘sishni to‘xtatdi. Bu AQSH hukumati fyuchers bozoriga aralashishi mumkinligini e’lon qilganidan va Yaqin Sharqdagi urush tufayli yuzaga kelgan yetkazib berish kamchiligini qoplash uchun Rossiya neftini xarid qilish bo‘yicha cheklovlarni yumshatganidan so‘ng ro‘y berdi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.
Kotirovkalar: haftalik o‘sishdan so‘ng tuzatish
«Brent» nefti 0,95 dollar (1,1 foiz) – 84,46 dollarga tushdi.
WTI nefti 1,08 dollar (1,3 foiz) — 79,93 dollarga tushdi.
Bugungi pasayishga qaramasdan, bu hafta neft narxlarining 2022 yil fevraldan buyon eng tez o‘sishi bo‘ldi. Hafta davomida «Brent» 16,4 foiz, WTI esa 19,2 foizga qimmatladi.
Vashingtonning favqulodda choralari
Narxlarni nazoratsiz o‘sishdan to‘xtatish uchun Oq uy va AQSH Moliya vazirligi ikki asosiy qadam tayyorlamoqda:
Moliyaviy aralashuvlar: AQSH nafaqat fizik zaxiralar asosida, balik neft fyuchers bozori orqali ham narxlarga ta’sir ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
Rossiya nefti uchun «yashil chiroq»: AQSH sanksiya ostidagi Rossiya neftini tankerlarga yuklangan holda xarid qilishga maxsus ruxsatnoma berdi. Bu Osiyodagi neft ishlab chiqarish korxonalari uchun defitsitni yengillashtirishi kutilmoqda. Birinchi bo‘lib bu imkoniyatdan Hindiston kompaniyalari foydalanib, millionlab barrel Rossiya xomashyosini xarid qildi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi: tahdid saqlanmoqda
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tanker harakati to‘xtab qolishi bozordagi tortishuvni saqlab turadi. «Phillip Nova» tahlilchisi Priyanka Sachdeva fikricha, bu bo‘g‘ozda har kuni 20 mln barrel neftni saqlab turish mumkin emas va ular jahon bozoriga yetib bormaydi.
«Kpler» ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Hind okeani va Singapur yaqinidagi suvdagi va suzuvchi anborlarda taxminan 30 mln barrel Rossiya nefti mavjud bo‘lib, AQSH ruxsatnomalari tufayli bozorga chiqishi mumkin.
Solishtirish
Narxlar oyda 20 foizga ko‘tarilganiga qaramay, tahlilchilar vahimaga berilmaslikni tavsiya qilmoqda. «IG» eksperti Toni Saykamorning qayd etishicha, hozirgi narx oxirgi to‘rt yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan faqat 3,40 dollar yuqori. Solishtirish uchun aytsak, 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli tajovuzidan so‘ng narxlar 100 dollardan oshgan edi.





