
«Avtomoyka»larda narxlar bir yilda qariyb 10 foizga qimmatladi
2025 yil noyabr oyida avtomobil yuvish xizmatlari oylik kesimda ham, yillik solishtirmada ham qimmatlashgani ma’lum bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyida shaxsiy transport vositalarini yuvish bo‘yicha xizmatlar narxi oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,6 foizga oshgan.
Yil boshidan buyon avtomobil yuvish xizmatlari 7,4 foizga qimmatlagani qayd etilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa narxlar 9,4 foizga ko‘tarilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2025 yil boshidan beri avtomobil ta’mirlash xizmatlari narxi 6,9 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 7,8 foizga oshgan.
Shuningdek, 2025 yil noyabr oyida avtomobil to‘xtash joylari xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 2,8 foizga qimmatlashgan.





