add

Bayden Trampni AQSHni sharmanda qilayotganligini aytdi

Bugun 12:252941

Jo Bayden Nebraskadagi Demokratik partiya tadbirida Donald Trampni mamlakatni «juda qorong‘u davr»ga olib kirganlikda va faqat boylar manfaati uchun ishlayotganlikda aybladi.

Bayden Trampni AQSHni sharmanda qilayotganligini aytdi

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden 7-noyabr kuni Nebraska shtatida bo‘lib o‘tgan Demokratik partiyaning xayriya kechasida chiqish qilib, mamlakat «juda qorong‘u damlardan o‘tayotganini» ta’kidladi va amaldor prezident Donald Trampni millatni sharmanda qilganlikda aybladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Bayden o‘z nutqida Trampni «Amerikada ochlikni qasddan kuchaytirayotgan» va «Oq uy, Konstitutsiya hamda qonun ustuvorligiga bolg‘a urgan» shaxs sifatida tasvirladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp davlat boshqaruvini o‘z oilaviy manfaatlariga xizmat qiluvchi tuzumga aylantirgan.

«Janob prezident, siz bizning xizmatkorimizsiz, biz sizning emas. Siz barcha amerikaliklar uchun ishlaysiz, faqat millionerlar uchun emas», — degan Bayden.

U Trampning siyosiy faoliyatini Oq uyning sharqiy qanotini buzib tashlash bilan qiyoslab, «bu uning prezidentlik davrining ramziga aylandi», deya ta’kidladi.

Bayden 2021–2025 yillarda prezident lavozimini egallagan. Bayden 2024 yil iyul oyida Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatsiz debatdan so‘ng qayta saylanish kampaniyasini to‘xtatgan va Kamala Xarris nomzodini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden prostata bezi saratonidan aziyat chekib, davolanishni boshlagan.

Teglar

Mavzuga oid

Bayden Trampni AQSHni sharmanda qilayotganligini aytdi | Vaqt.uz