Logo

Bir kilogramm palov tayyorlash uchun qancha pul kerak?

Kecha 08:051 daqiqa

Mahsulotlar narxi eng past hudud Qoraqalpog‘istonda, eng qimmati esa poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bir kilogramm palov tayyorlash uchun qancha pul kerak? © Natalya Ten

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida bir kilogramm palov tayyorlash uchun kerakli mahsulotlar qiymati Toshkent shahrida eng yuqori bo‘lgan. Bu yerda hisoblangan qiymat 134 146 so‘mni tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 130 411 so‘m va Toshkent viloyati — 127 769 so‘m bilan qayd etilgan. Samarqand viloyatida bu ko‘rsatkich 126 747 so‘m, Qashqadaryo viloyatida 125 760 so‘mga teng bo‘lgan.

Eng past qiymat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan — 113 356 so‘m. Sirdaryo viloyatida esa bir kilogramm palov uchun zarur mahsulotlar qiymati 118 194 so‘mni tashkil etgan.

Hududlar kesimida bir kilogramm palov tayyorlash qiymati:

a

Bir kilogramm palov qiymatini hisoblashda quyidagi mahsulotlar narxi inobatga olingan:

●     kungaboqar yog‘i — 0,3 litr;

●     piyoz — 300 gramm;

●     mol go‘shti — 700 gramm;

●     sabzi — 1 kilogramm;

●     lazer guruchi — 1 kilogramm;

●     no‘xat — 100 gramm;

●     zira — 10 gramm;

●     osh tuzi — 20 gramm.

Keltirilgan summalar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar qiymati asosida hisoblangan. Ular hududlardagi oshxona va restoranlarda sotilayotgan bir kilogramm tayyor palov narxini anglatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga xos bo‘lgan «Toshkent to‘y oshi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi.

Teglar