add

CoRun.ai avtoparklar uchun sun’iy intellektga asoslangan model yaratmoqda

Bugun 11:08232

CoRun.ai avtoparklar samaradorligini yaxshilaydigan SI platformasiga 3,5 mln dollar investitsiya jalb qildi. Loyiha orqali avtoparklar o‘z xavfini boshqaradi.

CoRun.ai avtoparklar uchun sun’iy intellektga asoslangan model yaratmoqda

CoRun.ai startapi avtoparklar samaradorligini oshirishga qaratilgan sun’iy intellekt platformasini rivojlantirish uchun 3,5 mln miqdorida sid investitsiya jalb qildi. Kompaniyani Access Capital Management, Silikon vodiysidagi angel investorlar va logistika sohasidagi tajribali mutaxassislar qo‘llab-quvvatladi. Kompaniya umumiy bahosi 17,5 mln dollar etib belgilandi.

CoRun.ai tomonidan yaratilgan asosiy innovatsiya — bu SI asosidagi Captive Insurance modeli bo‘lib, avtoparklarga o‘z xavfini mustaqil boshqarish, sug‘urta xarajatlarini kamaytirish va xavfsizlik natijalarini moliyaviy samaradorlikka aylantirish imkonini beradi. Bu model logistika sohasidagi sug‘urta tizimida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.

Platforma avtoparklarning operatsiyalari, xavfsizlik va moliyaviy ko‘rsatkichlarini birlashtirib, real vaqtda samaradorlik va foydani oshirishni ta’minlaydi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, CoRun.ai’dan foydalangan avtoparklar ikki raqamli samaradorlik o‘sishini qayd etgan. Masalan, yo‘nalishlarni intellektual optimallashtirish va yoqilg‘i xaridini yaxshilash hisobiga yoqilg‘i xarajatlari 10,2 foizga, profilaktik ta’mirlashlar hisobiga milga to‘g‘ri keladigan ta’mirlash xarajatlari esa 12,8 foizga kamaygan.

Access Capital Management bosh hamkori Toni Chen CoRun.ai’ni «operatsional intellektual tizimlar uchun yangi standart» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, platformada nemischa aniqlik va Silikon vodiysi sun’iy intellekti mujassam. Tizimni ishlab chiqishda sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etgani uning samaradorligini oshirgan.

CoRun.ai hammuassisi Nodir Ro‘zmatov esa o‘zbek SI mutaxassislarining global texnologik inqilobdagi hissasini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, «Silikon vodiysidagi keyingi real unikornlar o‘zbek ildizlariga ega bo‘ladi».

Teglar

Mavzuga oid

CoRun.ai avtoparklar uchun sun’iy intellektga asoslangan model yaratmoqda | Vaqt.uz