Logo

JCH-2026. Argentina Angliyaga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, finalga yo‘l oldi

Bugun 02:051 daqiqa

Amaldagi chempion Messining assistlaridan so‘ng 85 va 90+2-daqiqalarda gollar urib, g‘alabani ilib ketdi.

JCH-2026. Argentina Angliyaga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, finalga yo‘l oldi

Jahon chempionatida ikkinchi finalchi ham aniqlandi.

Ikkinchi yarimfinalda Angliya turnirning amaldagi chempioni Argentina bilan to‘qnash kelib, alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Inglizlar Gordonning golidan so‘ng hisobni ochishgach, jamoa bosh murabbiyi Tuxel birin-ketin himoyachilarni maydonga tushirdi va buning uchun yakunda jazolandi. Messining assistlaridan so‘ng Fernandes hamda Martines to‘p kiritdi.

Shu tariqa 19-iyul kungi finalda Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Angliya esa 18-iyul kuni Fransiya bilan 3-o‘rin uchun o‘ynaydi.

JCH-2026. Yarimfinal
Angliya — Argentina 1:2

15-iyul. Atlanta. «Mersedes Bens Arena»
Gollar: Gordon (55) — Fernandes (85), Lautaro Martines (90+2).
Angliya — Pikford, Jeyms (Byorn, 82), Stounz (Touni, 90+6), Gehi, Spens (Reshford, 90+6), Anderson, Rays (O'Rayli, 82), Bellinghem,= Rojers, Gordon, Keyn.
Argentina — Emiliano Martines, Molina (Montiel, 72), Romero, Lisandro Martines (Otamendi, 72), Talyafiko (Lautaro Martines, 81), Paredes (Gonsales, 64), Mak Allister, Fernandes, Simeone (de Paul, 72), Alvares, Messi.
Ogohlantirishlar: Anderson (37), Lisandro Martines (42), Romero (51), de Paul (90+4).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid