
Noyabr oyida «parkovka» narxlari qancha qimmatlagan?
O‘zbekistonda o‘tgan oyda avtomobil to‘xtash joylari xizmatlari narxida qimmatlashish kuzatilgani ma’lum bo‘ldi.

2025 yil noyabr oyida avtomobil to‘xtash joylari xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 2,8 foizga qimmatlashgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Noyabr oyida barcha xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,3 foizga oshgan. Bu avtomobil to‘xtash joylari narxi umumiy xizmat bozoridagi o‘rtacha narxdan 2,5 foiz ko‘proqqa qimmatlaganini ko‘rsatadi.
Qayd etilishicha, avtomobil to‘xtash joyi xizmatlari narxi yil boshidan buyon 15,5 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 16,2 foizga oshgani kuzatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2025 yil noyabr oyida O‘zbekistonda inflatsiya ko‘rsatkichi 0,7 foizni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi «pulli parkovka» bo‘yicha o‘rganish boshlagani haqida xabar berilgandi.





