add

Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Prezident tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash bo‘yicha farmon imzoladi.

Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmon bilan mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtikani rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir qancha tibbiyot xodimlari mukofotlandi.

Jumladan, ular «Fidokorona xizmatlari uchun» va «Mehnat shuhrati» ordenlari, I, II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordenlari, I, II darajali «Salomatlik» hamda «Do‘stlik» ordenlari, shuningdek, «Sog‘lom turmush», «Kelajak bunyodkori», «Shuhrat» medallari taqdirlandi.

Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev soha fidoyilarini tabriklagani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid

Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi | Vaqt.uz