To‘lovi 7 oy to‘lanmagan yer uchastkasi qaytarib olinadi
07.05.2025 | 15:013 daqiqa
5 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-1062-sonli Qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, yer uchastkasini olish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, yerga bo‘lgan huquq bekor qilinadi.

Qonunga asosan, agar qarzdorlik haqida rasmiy ogohlantirish berilganidan so‘ng 6 oy ichida to‘lov amalga oshirilmasa, yer uchastkasini qaytarib olishga yo‘l ochiladi. Bu orqali yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda davlat bilan shartnoma asosida olingan majburiyatlarni so‘zsiz bajarish maqsad qilingan.
O‘zbekistonda yer osti suvlarini ruxsatsiz qazish va limitdan ortiq olish uchun ma’muriy javobgarlik ham belgilandi. Yangi qonunga ko‘ra, yerosti suvlarini quduq orqali olishda qoidalar buzilsa, fuqarolarga 2,25 mln so‘mdan 5,67 mln so‘mgacha, mansabdorlarga esa 7,5 mln so‘mgacha jarima qo‘llanadi.
Yuqorida zikr etilgan Qonunga muvofiq, yer osti suvlarini o‘lchov uskunasisiz olish holatlarida soliq 5 barobarga oshiriladi. Lekin bu norma sutkasiga 5 metr kubgacha suvni faqat shaxsiy ehtiyoj uchun oladigan fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tomorqa va uy ehtiyojlari uchun suvdan umumiy foydalanish huquqi saqlanadi. Qonun e’lon qilinganidan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.
Lekin bu shaxsiy ehtiyoj uchun sutkasiga 5 kubmetrdan oshmaydigan holatlar uchun taalluqli emas.





