Logo

Xorijda reklama bergan tadbirkorlarga 20 ming dollargacha xarajatlari qaytariladi

Bugun 20:381 daqiqa

SSPga ko‘ra, O‘zbekistonlik tadbirkorlar xalqaro bozorlarda (Alibaba, Ozon) reklama berish uchun 20 000 dollargacha subsidiya olishlari mumkin.

Xorijda reklama bergan tadbirkorlarga 20 ming dollargacha xarajatlari qaytariladi © Foto: global.chinadaily.com.cn

Mahalliy tadbirkorlarga o‘z mahsulot va xizmatlarini xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun reklama xarajatlari qoplab beriladi. Moliyaviy ko‘mak miqdori bir yilda bir korxona uchun 20 000 AQSH dollarigachani tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.

«Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya quyidagi yo‘nalishlardagi reklama xarajatlarini qoplaydi:

• Qidiruv marketingi (SEM
• )Ijtimoiy tarmoqlar va ilovalar (jumladan, messenjerlar va onlayn o‘yinlar)
• Xorijiy nashrlar (gazeta, biznes jurnallar va kataloglar)
• Xalqaro savdo maydonchalari (Alibaba, Ozon, Wildberries va boshqalar)

Xarajatlarni qoplash foizi korxonaning barqarorlik reytingiga bog‘liq: AAA toifadagi korxonalar uchun 100 foiz, B toifadagilar uchun 50 foiz xarajatlar qoplanadi.

Asosiy shartlardan biri shuki, qoplangan xarajatlarning kamida 5 baravari miqdorida mahsulot xorijiy valutada realizatsiya qilinishi kerak. Shuningdek, korxonaning o‘z brendi (tovar belgisi) Intellektual mulk agentligida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart.

Tadbirkor reklama xarajatlarini o‘zi to‘lagan taqdirda shartnoma (yoki oferta), hisob-faktura, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va bank to‘lov hujjatini taqdim etishi lozim. Agar reklama to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» orqali joylashtirilsa, taqdimot materiallari talab etiladi.

Arizalarni topshirish subsidiya.epauzb.uz sayti yoki +998 (71) 207-04-06 telefon raqami orqali amalga oshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid