
Yangiobod bozori: ochiq osmon ostidagi ulkan muzey — fotojamlanma
Vaqt.uz fotomuxbiri Javhar Chorshanbiyeva Yangiobod bozorida bo‘ldi va uning rang-barangligini suratlar orqali yetkazib berishga harakat qildi.
Poytaxtimizdagi Yangiobod bozori o‘zgacha muhitli bozorlardan bo‘lib, rastalardagi oddiy arqon-u, zang bosgan temir-tersaklar, sovet davrining unutilgan buyumlari-yu eski kitoblar uyumi orasida inson go‘yo ochiq osmon ostidagi ulkan muzeyni kezgandek bo‘ladi.
Bozor — gavjum, aynan shu gavjumlik ichida keksa avlodning hikmati va yoshlarning shijoati yuzlashib, ko‘rinmas rishtalar bog‘lanadi. Zero, bozor — o‘tmishdan kelajakka uzatilgan, milliy o‘zligimizni asrab qoluvchi jonli madaniy ko‘prikdir.
Vaqt.uz fotomuxbiri Javhar Chorshanbiyeva Yangiobod bozorida bo‘ldi va uning rang-barangligini suratlar orqali yetkazib berishga harakat qildi.






