add

«Air China» O‘zbekistonga muntazam parvozlar o‘tkazish huquqini oldi

01.07.2025 | 19:0044432

Xitoyning «Air China» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslar tashkil qilish uchun rasmiy ruxsatnoma oldi. Parvozlar Pekin va Urumchi shaharlaridan amalga oshiriladi.

«Air China» O‘zbekistonga muntazam parvozlar o‘tkazish huquqini oldi
«O‘zaviatsiya» agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyning «Air China» aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam parvozlar amalga oshirish uchun rasmiy ruxsatnoma berildi. Bu qaror O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida 1994 yil 19 aprelda imzolangan Hukumatlararo bitim asosida qabul qilingan. Yangi ruxsatnoma aviakompaniyaga Pekin—Toshkent—Pekin va Urumchi—Toshkent—Urumchi yo‘nalishlarida muntazam reyslar tashkil etish imkonini beradi. «Air China» ushbu yo‘nalishlarda Boeing-737-800/8 (MAX) va Airbus-330-300/200 turdagi zamonaviy havo kemalaridan foydalanishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi havo qatnovi so‘nggi yillarda faol rivojlanmoqda. Yangi parvozlar ikki mamlakat o‘rtasidagi transport va iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Yangi yo‘nalishlar orqali savdo, turizm va madaniy aloqalarning kengayishi kutilmoqda. Mazkur parvozlar ikki mamlakat fuqarolari uchun qulaylik yaratishi va avia qatnovlar geografiyasini yanada kengaytirishi ta’kidlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

«Air China» O‘zbekistonga muntazam parvozlar o‘tkazish huquqini oldi | Vaqt.uz