add

Aprelda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya 14,4 foizga yetdi

13.05.2025 | 17:3645763

O‘zbekistonda 2025 yil aprel oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 14,4 foizni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan biroz oshdi. Bu borada Toshkent shahrida eng yuqori, Navoiy viloyatida esa eng past ko‘rsatkich kuzatilgan.

Aprelda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya 14,4 foizga yetdi
Markaziy bank so‘rovnomasiga ko‘ra, aprelda aholi orasida sezilgan inflyatsiya darajasi mart oyidagi 13,8 foizdan 14,4 foizga ko‘tarildi. Hududlar kesimida Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 18,2 foiz, Navoiy viloyatida esa 12,4 foizni tashkil etdi. Aholining fikriga ko‘ra, narxlar asosan go‘sht, sut, elektr energiyasi va tabiiy gaz sohalarida o‘sdi. Ayniqsa, aprelda elektr va gaz (+1 foiz), benzin va yoqilg‘i, meva-sabzavotlar, dorilar, qurilish mollari, kafe va restoran xizmatlari, ijara, ta’lim, ta’mirlash va maishiy xizmatlar bo‘yicha yuqori narx o‘sishi sezildi. 1 maydan esa yangi tariflar joriy etildi: elektr energiyasi uchun bazaviy tarif 33,3 foizga oshirilib, 450 so‘mdan 600 so‘mga yetdi. Gaz narxi esa 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha oshgani sababli aholi orasida inflyatsiya sezilishi yanada ortadi, degan fikrlar bildirilmoqda. Shu bilan birga, go‘sht, sut, tuxum, kiyim-kechak va transport xizmatlari narxidagi o‘sishni sezganlar soni kamaydi. Non, un va guruch bo‘yicha fikrlar esa o‘zgarishsiz qoldi.

Teglar

Mavzuga oid