Logo

Fransiya banki O‘zbekistonda o‘z ofisini ochmoqda

Bugun 15:341 daqiqa

Markaziy bank 58 ta mamlakatda faoliyat yuritadigan yirik moliya guruhlaridan biri «Societe Generale» banki vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi.

Fransiya banki O‘zbekistonda o‘z ofisini ochmoqda © Ijtimoiy tarmoqlar

Fransiyaning «Societe Generale» bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Markaziy bank tomonidan akkreditatsiya qilindi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi vakolatxona O‘zbekiston moliya bozorini o‘rganish hamda davlat organlari, moliya tashkilotlari va xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, «Societe Generale» banki 1864-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Yevropaning yetakchi bank va moliyaviy xizmatlar guruhlaridan biri hisoblanadi. Bank bugungi kunda dunyoning 58 ta mamlakatida faoliyat yuritadi.

O‘zbekistondagi xorijiy banklar vakolatxonalari

Markaziy bank reyestriga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 8 ta xorijiy bankning vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.

Jumladan, ulardan ikkitasi Janubiy Koreya banklariga (Korea Eksimbank, Shinhan Bank), yana ikkitasi Germaniya banklariga (Landesbank Baden-Vyurttemberg, Kommersbank AG) tegishli.

Shuningdek, AQSH (JP Morgan Chese), Rossiya (Gazprombank), Xitoy (Eksimbank) va Turkiya (Sitibank AS) banklari ham mamlakatda bittadan ofisga ega.

Teglar

Mavzuga oid