add

AQSH atom suvosti kemalari Turkiya iznisiz Qora dengizga kira olmaydi

03.08.2025 | 22:302233

AQSH o‘z atom suvosti kemalarini Qora dengizga olib kirish uchun Turkiyadan rasmiy ruxsat olishi shart. Bu haqda Turkiyaning Turkiye gazetasi xalqaro huquq bo‘yicha ekspertlarga tayanib xabar berdi.

AQSH atom suvosti kemalari Turkiya iznisiz Qora dengizga kira olmaydi
Bu talab Montryo konvensiyasi asosida belgilangan. 1936 yilda qabul qilingan mazkur hujjat Turkiyaning Bosfor va Chanoqqal’a bo‘g‘ozlari ustidan to‘liq suveren huquqini tikladi. Konvensiyaga ko‘ra, tinchlik paytida Qora dengizga tutash davlatlar o‘z harbiy kemalarini Turkiyaga ma’lum qilgan holda bemalol o‘tkazishi mumkin. Biroq, Qora dengizga tutash bo‘lmagan davlatlar uchun tonnaj, tur va muddat bo‘yicha cheklovlar bor. Mutaxassis Haqqiy Xoqon Erkinerning ta’kidlashicha, Turkiya AQSHga bunday ruxsat berishi ehtimoli juda past: «Men Turkiya buni ma’qullashiga mutlaqo ishonmayman», — dedi u. AQSH prezidenti Donald Tramp esa, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning bayonotiga javoban, ikki atom suvosti kemasini «kerakli hududlarga» jo‘natish buyrug‘ini berganini aytdi. Rossiya Federatsiyasi Kengashi bunga javoban, Tramp bayonotini Rossiya tomonidan yangi suvosti raketa kreyseri suvga tushirilishi bilan bog‘lagan. Turkiya konvensiya asosida o‘zini xavf ostida deb hisoblasa, u holda harbiy kemalar uchun bo‘g‘ozlarni yopish huquqiga ega. Bu holat Qora dengizdagi harbiy muvozanat va geosiyosiy vaziyatni jiddiy ta’sirga olib kelishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid