add

Asad tarafdorlari saylovlarda qatnasholmaydi

29.09.2025 | 20:0422793

5 oktyabr kuni Suriyada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida zolim diktator, sobiq prezident Bashar Asad hokimiyati tarafdorlariga na ovoz berish, na nomzod bo‘lish imkoni beriladi.

Asad tarafdorlari saylovlarda qatnasholmaydi
Suriya sobiq hukumati tarafdorlari bo‘lajak parlament saylovlarida nomzodlarini qo‘ya olmaydilar va ovoz berolmaydilar. Bu haqda RIA Novosti Suriya Oliy saylov komissiyasi a’zosi Hasan ad-Dagimga tayanib, ma’lum qildi. «Kimki sobiq tuzumni qurol, pul yoki fikr bilan qo‘llab-quvvatlashi isbotlangan bo‘lsa, unga saylovda ishtirok etish, saylanish va ovoz berish taqiqlanadi. Bu Xalq kengashi a’zosi bo‘lganlar yoki sobiq tuzumni qo‘llab-quvvatlagan partiyalar rahbariyatida bo‘lganlarga ham taalluqli», - deb ta’kidlagan ad-Dagim. Ilgari Suriya Oliy saylov komissiyasi sobiq prezident Bashar Asad hukmronligi tugaganidan so‘ng mamlakatning Xalq kengashiga birinchi saylovlar 5 oktyabr kuni o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Shuningdek, Suriya parlamentiga bo‘lajak saylovlar bilvosita o‘tkazilishini - saylov hay’atlari ovoz berishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularni shakllantirishda 2011 yildagi so‘nggi aholi ro‘yxatiga olish ma’lumotlariga muvofiq, Suriya jamiyatining xilma-xilligi inobatga olingan. Ad-Dagimning ta’kidlashicha, amalda 7-8 ming kishi parlamentning 140 nafar deputatini saylaydi.

Teglar

Mavzuga oid