add

Avgust oyi qanday ob-havo bilan boshlanadi?

31.07.2025 | 13:0046863

Avgust oyining ilk kunlarida O‘zbekiston hududida ob-havo asosan quruq va biroz shamolli bo‘lishi kutilmoqda. Mamlakatning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Avgust oyi qanday ob-havo bilan boshlanadi?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1–5 avgust kunlari havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan shamol yesib, 4–5 avgust kunlari ayrim joylarda uning tezligi 13–16 m/s gacha kuchayishi, natijada chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Kechasi 18–23 daraja, kunduzi 31–36 daraja issiq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19–24 daraja, kunduzi 33–38 daraja issiq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo harorati nisbatan yuqori bo‘lib, kunduzi 40 gacha ko‘tarilishi ehtimoli bor. Shamol tezligi ayrim joylarda 16 m/s gacha yetib, chang-to‘zonlar keltirib chiqarishi mumkin. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 avgustda ba’zi joylarda 13-16 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 4 avgustda ba’zi joylarda 13-16 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi. Respublika tog‘li hududlarida esa 2 avgust kuni qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin. Boshqa kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu yerlarda kechasi 13–18 daraja, kunduzi esa 23–28 daraja atrofida bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Avgust oyi qanday ob-havo bilan boshlanadi? | Vaqt.uz