add

BMT 2025 yilda necha kishi o‘lim jazosiga hukm qilinganini ma’lum qildi

Bugun 16:482 daqiqa

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi 2025-yilda qatl etishlar sonining keskin oshganini qayd etdi.

BMT 2025 yilda necha kishi o‘lim jazosiga hukm qilinganini ma’lum qildi

O‘lim jazosining o‘sishi, asosan, narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun ijro etilgan qatllar sonining ko‘payishi hisobiga yuz bergan.

«Bu xalqaro huquqqa mos kelmaydi, shuningdek, jinoyatchilikni jilovlash vositasi sifatida ham samarasiz», — dedi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk.

Eng ko‘p o‘lim jazosi qayd etilgan mamlakatlar

Eronda o‘tgan yili kamida 1,5 ming kishi qatl etilgan bo‘lib, ularning kamida 47 foizi narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazolangan.

Saudiya Arabistonida kamida 356 kishi qatl etilgan. Bu 2024 yilda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan yuqori. Qatl etilganlarning 78 foizi narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazolangan.

«Saudiya Arabistonida qatl etilganlarning kamida ikki nafari bolalik chog‘ida sodir etilgan jinoyatlar uchun hukm qilingan. Bu, xususan, bolalar huquqlari nuqtai nazaridan jiddiy savollar uyg‘otadi», — dedi Folker Tyurk.

Qo‘shma shtatlardagi vaziyat

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2025 yilda 47 ta o‘lim jazosi ijro etildi — bu so‘nggi 16 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich. 2024 yilda mamlakatda ilk bor joriy etilgan gaz bilan bo‘g‘ish orqali qatl usuli qo‘llanilishining kengayishi ehtimoliy qiynoq yoki shafqatsiz munosabatlar bilan bog‘liq jiddiy xavotirlarni keltirib chiqardi.

Afg‘onistonda xalqaro inson huquqlari me’yorlariga zid ravishda ommaviy qatllar davom etmoqda.

«Somalida kamida 24 kishi, Singapurda esa 17 kishi qatl etilgan. Xitoy va KXDRda o‘lim jazosining qo‘llanilishi hanuz maxfiy saqlanib, aniq ma’lumot olishni qiyinlashtirmoqda. Belarusda esa so‘nggi paytlarda milliy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik doirasida o‘lim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar ro‘yxati kengaytirildi.

Isroilda esa faqat falastinliklarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan majburiy o‘lim jazolarini joriy etishga qaratilgan qator qonunchilik tashabbuslari ko‘rib chiqilmoqda», — deyiladi xabarda.

O‘lim jazosi qisqartirilgan mamlakatlar

Shu bilan birga, o‘tgan yili qator davlatlar ijobiy qadamlar qo‘ygani qayd etilgan. Vietnam o‘lim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar sonini qisqartirdi.

Pokiston o‘lim jazosi bilan jazolanadigan jinoyatlar ro‘yxatidan ikki ta zo‘ravonliksiz jinoyatni chiqarib tashladi, biroq bunday jinoyatlar sonini 29 ta modda darajasida saqlab qoldi.

Zimbabve 2024 yil 31-dekabrda alohida og‘ir toifaga kirmaydigan jinoyatlar uchun o‘lim jazosini bekor qildi, Keniya esa o‘lim jazosi normalarini qonunchilik jihatdan qayta ko‘rib chiqish jarayonini boshladi.

Malayziyada hukmlarni qayta ko‘rib chiqish jarayoni qatl xavfi ostida bo‘lgan odamlar sonini ming nafardan ortiqqa qisqartirdi.

Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud o‘lim jazosini taqiqlashni tasdiqlab, uni qayta joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini konstitutsiyaga zid deb topdi.

«O‘lim jazosi jinoyatchilikka qarshi kurashda samarali vosita emas va aybsiz odamlarning qatl etilishiga olib kelishi mumkin. O‘lim jazosi ko‘pincha ixtiyoriy va kamsituvchi tarzda, qonun oldida tenglikning asosiy tamoyillarini buzgan holda qo‘llaniladi» — dedi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari.

Teglar

Mavzuga oid