Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘istonga boradi

Davlat rahbarining Qozog‘istondagi kun tartibi ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘istonga boradi © Foto: president.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun 21-22-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

Bo‘lajak tadbirlar davomida Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning dolzarb ekologik, iqlim va suv muammolarini hal etish masalalari muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi, milliy pavilonlardan iborat maxsus ekologik ko‘rgazmaga tashrif buyuradi.

Sammitlar yakunida qator muhim hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid