Samarqandda global narkotahdidlarga qarshi forum o‘tkaziladi

Yirik xalqaro tadbirda 50 ga yaqin davlat va 20 dan ortiq tashkilot ishtirok etishi kutilmoqda.

Samarqandda global narkotahdidlarga qarshi forum o‘tkaziladi © Getty Images / Pavel Tochinsky

2026 yil 20–21-aprel kunlari Samarqand shahrida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish mavzusida global forum o‘tkaziladi. Bu haqda Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhim xalqaro maydon sifatida baholanmoqda.

Forum doirasida narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash samaradorligini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish, shuningdek zamonaviy tahdidlarga qarshi kompleks yondashuvlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilinadi. Shu bilan birga, davlatlararo va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Interpol, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda Jahon bojxona tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va 500 ga yaqin ekspertlar qatnashadi.

Forum doirasida yoshlar sammiti ham tashkil etilib, unda giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarning global muammolarni hal etishdagi ishtirokini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid